Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SANOAT SOHASIDAGI ENG ILG’OR YUTUQLAR

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SANOAT SOHASIDAGI ENG ILG'OR YUTUQLAR

Sanoat sohasidagi eng ilg’or yutuqlar poytaxtimizda boshlangan ixtisoslashtirilgan xalqaro ko’rgazmalarda keng namoyish qilinmoqda.

Global moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlari dunyo iqtisodiyotiga hali-hamon o’z ta’sirini ko’rsatayotgan hozirgi murakkab bir sharoitda respublikamizda barcha sohada izchil o’sish sur’atlari kuzatilmoqda. Jumladan, joriy yilning o’tgan to’qqiz oyida -Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 3,7 milliard AQSh dollarilik 100 ta yirik ishlab chiqarish ob’yekti foydalanishga topshirilgani, 835 ta korxona eksport faoliyatiga jalb qilingani bunga yaqqol misoldir.

Shu bilan birga, sanoatni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash loyihalari, ayniqsa, 2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy sohada energiya sarfini qisqartirish, yirik korxonalarga energiya tejamkor texnologiyalarni samarali tatbiq etish borasida ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida ularda tayyorlanayotgan mahsulotlar tannarxini o’rtacha 9,4 foiz arzonlashtirishga erishildi.

Yurtimizdagi bu kabi yuksalish va o’zgarishlar, iqtisodiy barqarorlik, tabiiyki, xorijlik mutaxassislar, sarmoyadorlar, sanoat vakillari, umuman, dunyo hamjamiyatida katta qiziqish, hayrat hamda havas uyg’otayapti. Binobarin, kecha “O’zekspomarkaz” -majmuasida ish boshlagan “Tog’-kon ishi — MiningWord Uzbekistan — 2016”, “Metallurgiya. Mashinasozlik. Dastgohsozlik — Machinery Central Asia — 2016”, “Transport va logistika — TransUzbekistan — 2016” xalqaro ko’rgazmalarida mahalliy hamda xorijlik sanoatchilarning har qachongidan faol qatnashayotgani shundan dalolat -beradi.

Xalqaro ko’rgazmalarning ochilish marosimida ta’kidlanganidek, O’zbekistonda kuzatilayotgan makroiqtisodiy barqarorlik nafaqat iqtisodiyot tarmoqlarida yuqori o’sish sur’atlari ta’minlanishiga, balki aholi turmush darajasi va sifati tobora yaxshilanishiga xizmat qilayotir. Mazkur ko’rgazmalar esa ishtirokchilarga o’zaro aloqalarni rivojlantirish uchun keng imkoniyat yaratadi. Chunki unda yetakchi ishlab chiqaruvchilar bilan tajriba almashish barobarida, yangi texnologik yechim hamda loyihalarni ko’zdan kechirish, yuk tashish, texnik va servis xizmati ko’rsatuvchi ilg’or korxonalar yoki zamonaviy asbob-uskunalar yetkazib beruvchi sanoat sub’yektlari vakillari bilan kelishuvlarga erishish mumkin.

Galdagi xalqaro tadbirlarda yurtimiz vakillari bilan bir qatorda Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Xitoy, Latviya, Litva, Polsha, Rossiya, Belarus Respublikasi, Qozog’iston, Slovakiya, AQSh, Chexiya, Finlyandiya, Fransiya, Shveysariya, Shvetsiya, Estoniya, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi 25 mamlakatning 110 kompaniya va firmalari qatnashmoqda. Xususan, o’n birinchi bor o’tkazilayotgan “Tog’-kon ishi — MiningWord Uzbekistan — 2016” xalqaro ko’rgazmasida doimiy ishtirokchilar qatorida ilk bor tashrif buyurganlar ham talaygina. Masalan, birinchi marta qatnashayotganlar — Qozog’istonnning “Karlskrona LC. AB” va “Alfa-Suyfeti” korxonalari o’zlarining suvga chidamli nasoslari, klapanlari hamda xavfsizlikni ta’minlovchi uskunalarini keltirgan bo’lsa, Germaniyaning “Haver Niagara” kompaniyasi mineral xom ashyoni boyitish dastgohlarini taqdim etmoqda. Umuman, ko’rgazmadagi tog’-kon, maydalash-taqsimlash, burg’ilash, boyitish uskunalari hamda boshqa qurilmalar zamonaviyligi va tejamkorligi bilan alohida e’tiborga molik.

— Joriy yilgi tadbirda biz ham energiya tejamkor uskunalarimizni keltirganmiz, — deydi “Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi iqtisodchisi Dilmurod Ro’ziyev. — Shulardan biri — Mahalliylashtirish dasturi doirasida tayyorlangan raqamli dastur asosida boshqariluvchi universal tokarlik uskunasi bo’lib, afzal jihatlari ko’p. Uning avtomatik usulda sozlanishi o’lchamlarni olishda o’ta aniqlikni taminlashga xizmat qiladi.

Korxonamiz yurtimiz tog’-kon, metallurgiya sanoati va boshqa tarmoqlarga asbob-uskunalar hamda ularning ehtiyot qismlarini yetkazib beruvchi yirik ishlab chiqarish sub’yektlaridan biri hisoblanadi. Ushbu xalqaro ko’rgazma esa yangi hamkorlar topish, -hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishimizda qo’l kelishiga ishonamiz.

Bunday ishchanlik muhitini to’qqizinchi marotaba tashkil qilingan “Metallurgiya. Mashinasozlik. Dastgohsozlik — Machinery Central Asia — 2016” hamda o’n uchinchi bor uyushtirilgan “Transport va logistika — TransUzbekistan — 2016” xalqaro ko’rgazmalarida ham kuzatish mumkin. Zero, ularda namoyish etilayotgan mahsulot hamda taklif qilinayotgan xizmatlar turfa xil.

— Doimo yuqori saviyada tashkil etiladigan mazkur tadbirda bir necha bor qatnashib, yurtingiz ishbilarmonlari bilan yuklarni tashish va yetkazib berish borasida hamkorlik qilishga muvaffaq bo’lganmiz, — deydi Litvaning “Arijus” kompaniyasi marketing hamda rivojlanish bo’yicha direktori Egidios Ramonos. — O’ylaymanki, galdagi ko’rgazmada ham istiqbolli va manfaatli kelishuvlarga erishamiz.

Xalqaro ko’rgazmalar doirasida, shuningdek, “O’zbekiston Respublikasi qattiq foydali qazilmalarining investitsiyaviy salohiyati — O’zgeoinvest — 2106” IX xalqaro konferensiyasi ham bo’lib o’tadi.

O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo’mitasi, Avtomobil va daryo transporti agentligi, “O’ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi, “O’zagroeksport” aksiyadorlik jamiyati, O’zbekiston xalqaro ekspeditorlari, O’zbekiston xalqaro avtomobilda yuk tashuvchilar, Bojxona brokerlari uyushmalari, Savdo-sanoat palatasi hamda “ITE Uzbekistan” kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan mazkur xalqaro ko’rgazmalar joriy yilning 18 noyabriga qadar davom etadi.

www.xs.uz