Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Sanoatni rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Sanoatni rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 may kuni xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, eksportbop mahsulotlarni ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Sanoat barcha iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirishga xizmat qiladi. Keyingi yillarda bu soha rivojiga alohida e’tibor qaratilib, yuqori texnologiyali zavodlar, texnoparklar, ishlab chiqarish korxonalari tashkil etildi. O‘tgan yili sanoatdagi qo‘shilgan qiymat o‘sishi 10 foizdan oshdi.

Lekin diversifikatsiya jihatidan qaraganda hali qilinadigan ishlar ko‘p. Masalan, sanoatning 69 foizi asosan xomashyo yoki birlamchi qayta ishlashga to‘g‘ri keladi. Eksportning 52 foizini rangli metallar, energiya resurslari va ho‘l meva tashkil etadi. Bu iqtisodiyotda haligacha tayyor mahsulotga nisbatan xomashyo ustunligini ko‘rsatadi.

Yig‘ilishda yuqori qo‘shilgan qiymat yaratuvchi va tayyor mahsulot eksport qiladigan sanoat korxonalarini ko‘paytirish, mavjud salohiyat va xomashyo resurslaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Import qilinayotgan tovarlarni yurtimizda ishlab chiqarish, xomashyoni tayyor mahsulotga aylantirib sotish darajasi yetarli emasligi tanqid qilindi. Xususan, misning atigi 25 foizi qayta ishlanmoqda, ruxning 80, molibdenning 99, ipakning 88, xom terining 60 foizi xomashyo tarzida eksport qilinmoqda.

Yoki yana bir misol: 133 ming tonna o‘simlik yog‘i import qilingan bir paytda “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi korxonalari 48 foiz quvvatda ishlayotgani, albatta, qoniqarsiz holat. Sut va go‘shtni qayta ishlab, keng turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash sohasidagi ulkan imkoniyatlar ham to‘liq ishga solinmagan.

Shu bois yig‘ilishda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat geologiya qo‘mitasiga mavjud xomashyo bazasi va import tarkibidan kelib chiqib, 2019-2021 yillarda sanoatlashtiriladigan mahsulotlar ro‘yxatini shakllantirish vazifasi qo‘yildi.

Davlatimiz rahbari kundalik sanoat mahsulotlarini keng ishlab chiqarish va kooperatsiyani rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. Yurtimizda ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan sanoat mahsulotlarini solishtirgan holda ehtiyojni hisob-kitob qilish tizimli olib borilmayotgani qayd etildi. Kichik sanoat zonalarida kundalik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Sanoat rivojida tarmoqlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash muhim omil hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1 maydagi “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq mahalliy sanoat ishlab chiqaruvchilarni davlat xaridlari orqali qo‘llab-quvvatlash mexanizmi joriy etilmoqda.

Yana bir muhim masala borki, bu sanoat tovarlarini yetkazib berish bilan bog‘liq. Yurtimizda mahsulotlar tannarxida transport xarajatlari hanuzgacha yuqori. Dunyoda ushbu ko‘rsatkich 8-9 foizdan oshmaydi. Shuningdek, mahsulotlarni sertifikatlash ham eksportda juda muhim omil.

Shundan kelib chiqib, transport xizmatlari narxini kamaytirish, mahsulotlarni tashqi bozorlardagi texnik sifat talablariga uyg‘unlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Ishlab chiqarish va sertifikatlash sohalari mutaxassislari malakasini oshirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Muhokama qilingan masalalar bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.

www.president.uz