Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SAODATGA YO’G’RILGAN IQBOL

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SAODATGA YO'G'RILGAN IQBOL

Yaqinda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida mamlakatimiz mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan “Kim edigu kim bo’ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mavzuida targ’ibоt tadbirlari tashkil etildi.

O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat targ’ibоt markazi hamkorligida o’tkazilgan tadbirlarda taniqli shoir, yozuvchi va yosh olimlar, kino hamda teatr aktyorlari, estrada xonandalari va “Nihol” mukofoti sovrindorlari ishtirok etdi.

Yoshlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning ongi va qalbini mafkuraviy, ma’naviy hamda axborot xurujlaridan ishonchli himoya qilish, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish kabi ezgu maqsadlarni ko’zlagan tadbirlar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Turin politexnika universiteti, Inxa universiteti, O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkent xalqaro Vestminster universitetida, ayniqsa, qizg’in muloqotlarga boy bo’ldi. Negaki, uchrashuvlarda -yurtimizning istiqlol arafasidagi manzarasi hamda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlarni aks ettiruvchi fotoko’rgazmalar namoyish etilgani mavzuni tushuntirishda o’ziga xos usul bo’ldi. Istiqlol tufayli turli sohalarda, jumladan, ta’lim tizimida erishilgan yutuqlar, bunyodkorlik mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash borasida olib borilayotgan ishlar, milliy armiyamizning salohiyati aks ettirilgan, shuningdek, bugungi kunda dunyoning ayrim davlatlarida yuz berayotgan notinchlik, xunrezliklar, ularning ortida turgan kuchlarning g’arazli maqsadlarini tushuntirishga qaratilgan qisqa metrajli film va slayd-shoular ham barchaning diqqatini tortdi.

Targ’ibоt guruhlari vakillari tomonidan milliy qadriyatlarimiz, madaniy merosimiz, ularning jamiyatda va har birimizning hayotimizda tutgan o’rni, turli oqimlarga ko’r-ko’rona ergashishning salbiy hamda ayanchli oqibatlari, farzandlarning o’z ota-onalari va Vatani oldidagi burchlari, vatanparvarlik, mehr-oqibat, yurtga sadoqat kabi mavzularda fikrlar bildirildi, san’atkorlar ishtirokida musiqiy chiqishlar tashkil etildi.

Bunday tadbirlar yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida joriy yilning -dekabr oyiga qadar o’tkazilishi rejalashtirilgan. Ularda bevosita qatnashgan, ko’zlari yonib turgan yigit-qizlarning Vatan, istiqlol, tinchlik borasidagi mulohazalariga guvoh bo’lgan kishi sifatida aytamizki, darhaqiqat, yurtimiz mustaqilligidan bahramand bo’layotgan har bir ongli inson o’ziga o’zi: “Kim edigu kim bo’ldik?” degan -savolni berishi odatiy holga aylandi. Zero, buning zamirida hayot haqiqati o’z -ifodasini topmoqda.

Mustabid tuzum davrida kim edik? Bu savolga barcha yurtdoshlarimizning javoblari aniq: ona tilimiz kamsitilgan, muqaddas dinimiz va milliy qadriyatlarimiz toptalgan, iqtisodiyotimiz nochor, turmushimiz haminqadar, muxtasar aytganda, g’oyalari puch tuzumning qurboniga aylangan yo’qsil xalq edik...

Istiqlol tufayli bularning barchasi ortda qoldi. Dastlab eng muhim yo’nalish — ta’lim-tarbiya sohasi davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilgan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, Kadrlar -tayyorlash milliy dasturi va boshqa bir qancha me’yoriy-huquqiy hujjatlarning izchil ijrosi natijasida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya ishlari butunlay o’zgardi. Bugungi kunda Jahon banki tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko’ra, mamlakatimiz -aholisining savodxonlik darajasi qariyb yuz foizni tashkil etadi. Bu xalqaro miqyosda eng yuqori ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi.

Shu o’rinda internet orqali o’qiganim — ikki yil ilgari Londonda o’tkazilgan “Ta’lim vazirlarining jahon sammiti”da Lotin Amerikasi, Afrika qit’asida ta’lim sohasining ayrim vakillari o’z yurtlarida ta’limga davlat yetarlicha e’tibor qaratmayotgani, o’quv muassasalarining moliyaviy nochorligi, savodsizlik foizining oshib borayotganligi haqida bildirgan fikri aks etgan xabar yodga tushdi. Beixtiyor mamlakatimizdagi mavjud ahvolni taqqoslaysan, kishi. Chunki mustaqillik yillarida o’n mingga yaqin maktablar butunlay yangidan bunyod etildi, bir yarim mingdan ortiq zamonaviy kollej va litseylar qad rostladi, o’nlab oliy ta’lim muassasalari o’quv binolari, talabalar turarjoylari foydalanishga topshirildi. Bunday ezguliklar haqida uzoq gapirish mumkin. Ana shu g’amxo’rlikka javoban yosh avlod vakillari ham o’z iqtidorini namoyon etayotgani g’oyat quvonchli holdir. Ular jahon miqyosidagi turli olimpiadalarda oltinu kumush medallar sohibiga aylanmoqda. Birgina misol, o’tgan yili Bolgariyaning Vlagoyevgrad shahrida matematika fanidan o’tkazilgan, 50 dan ortiq davlatdan 330 nafar iqtidorli talaba ishtirok etgan 22-Xalqaro olimpiadada Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti talabasi Hakimboy Egamberdiyev -berilgan masalani shu vaqtgacha fanda qo’llanilmagan yangicha usulda yechib, hakamlarni hayratda qoldirdi va oltin medalni qo’lga kiritdi. U yaqinda Kiprda bo’lib o’tgan fan olimpiadasida ham g’oliblikka erishdi.

Bugun ta’lim muassasalarida “Murabbiylik darslari” va “Axborot soatlari”da istiqlol ruhi ila kamolga yetayotgan talabalarimizga kecha kim edigu bugun kim bo’lganimiz haqida g’urur, faxr-iftixor bilan aytadigan fikrlarimiz mazmunan boyib bormoqda. Bunga yana bir asos davlatimiz rahbarining 2014-yil 15-16-may kunlari -Samarqand shahrida “O’rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzuida bo’lib o’tgan xalqaro konferensiyadagi ma’ruzasidir. Ushbu ma’ruzada ulug’ bobokalonlarimizning hayoti va ilmiy merosi haqida so’z yuritilar ekan, yurtimizda kamol topgan allomalar Yevropa ilm-fanining yuksalishiga katta hissa qo’shganligi teran asoslab berilgan.

Vaholonki, ilgari xorijliklar Avitsenna, Fraganes, Imom Buxoriy kabi buyuk zotlar nomini eshitganlaridayoq hayratga tushar edilaru, biroq ularning asl Vatani qayerda ekanligi, hatto qanday nomlanishini bilishmagan. Mustaqil davlat sifatida dunyoga bo’y ko’rsatib, jahon xaritasida o’z o’rnimizni topgach kim bo’ldik? Ahli dunyo Avitsenna aslida — Abu Ali ibn Sino, Fraganes — Ahmad Farg’oniy ekanligini, ular Imom Buxoriy kabi dong taratgan o’nlab allomalar qatori shu yurt farzandi bo’lganlarini anglab yana hayratlanmoqdalar. Shu ma’noda, Prezidentimiz Islom Karimovning tarixan qisqa davrda biz qanday ulkan rivojlanish yo’lini bosib o’tganimizni baholashda “Kim edigu kim bo’ldik?” degan hayotiy haqiqatni bosh g’oya sifatida belgilab bergani zamirida ulkan ma’no mujassam.

Muzaffar KOMILOV,
O’zbekiston Respublikasi Oliy
va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
boshqarma boshlig’i.

WWW.XS.UZ