SARMOYALAR - IQTISODIYOT TARMOQLARIGA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Ma’lumki, investitsiyalar iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omillaridan biri bo’lib, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda moliyaviy asos bo’lib xizmat qiladi.
Shu bois mamlakatimizda xorijiy investitsiyalar kirib kelishini rag’batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Natijada har yili chet el kapitali ishtirokida ko’plab zamonaviy korxonalar tashkil etilayapti. Ular nafaqat muayyan xo’jalik yurituvchi sub’yektning, balki boshqa sohalar ravnaqi hamda makroiqtisodiy o’sishga mustahkam zamin hozirlayotgani bilan g’oyatda ahamiyatlidir.
Kecha poytaxtimizda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va “KDB Bank O’zbekiston” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan anjumanda shular haqida so’z yuritildi.
Ta’kidlandiki, O’zbekistonda qulay investitsiyaviy muhit yaratilgani, chet ellik investorlarning huquqlari qonun bilan himoyalangani tufayli iqtisodiyotimizga bo’lgan qiziqish tobora oshib bormoqda. Birgina 2015-yilning olti oyida o’zlashtirilgan investitsiyalar umumiy hajmining 1,5 milliard AQSh dollari xorijiy investitsiyalar va kreditlar ulushiga to’g’ri kelgani, jumladan, 1,2 milliard dollarini to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalari tashkil etgani buning yaqqol dalilidir.
Quvonarlisi, investitsiyalar oqimining ko’payishi iqtisodiyotning muhim tayanchiga aylangan kichik biznes sub’yektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash imkoniyatini tobora kengaytirmoqda. Xususan, mazkur soha istiqboli uchun xalqaro moliya institutlarining 86,4 million AQSh dollarilik kredit liniyalari o’zlashtirilgan bo’lsa, O’zbekiston banklari assotsiatsiyasi huzuridagi Investitsiya loyihalari bo’yicha loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirish jamg’armasi ko’magida kichik biznes korxonalarining 16,7 milliard so’mlik loyihalari moliyalashtirildi.
O’zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, uning tarkibiy qismi bo’lgan bank tizimida investitsiyaviy muhitni yanada yaxshilash bo’yicha izchil chora-tadbirlar ko’rilmoqda. Buning samarasi o’laroq, bugungi kunda yurtimizda xorijiy investitsiyalar ishtirokida beshta bank faoliyat ko’rsatayapti, shuningdek, dunyoning oltita yirik banki vakolatxonalari ishlab turibdi.
— O’zbekistonning yuqori investitsiyaviy jozibadorligi investitsiyaviy faollikni oshirish, ya’ni chet el sarmoyalarini o’zlashtirish darajasi va samaradorligini ta’minlash imkonini bermoqda, - deydi “KDB Bank O’zbekiston” aksiyadorlik jamiyatining ijrochi direktori Yang Kyun An. - Eng muhimi, yurtingizda chet ellik investorlarning emin-erkin faoliyat yuritishi uchun teng huquqli, adolatli shart-sharoitlar yaratilgan. Faoliyati davomida olgan daromadini mustaqil va erkin tasarruf etish, mulkining daxlsizligi qonun bilan kafolatlangan. Bularning barchasi iqtisodiyot tarmoqlariga kiritilayotgan sarmoyalar hajmi muttasil ravishda oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Tadbirda qayd etilganidek, Markaziy bank bosh muvofiqlashtiruvchi sifatida tizimda jozibador investitsiya muhitini yaratishning asosiy mezonlari bo’lgan qonun ustuvorligini ta’minlash, kredit tashkilotlari o’rtasida adolatli raqobat o’rnatish, banklar faoliyati shaffofligini ta’minlash, kuchli infratuzilma barpo etish bo’yicha izchil chora-tadbirlarni ko’rayapti. Natijada xorijiy investorlar muayyan qaror qabul qilishida ahamiyatli ko’rsatkich hisoblangan tijorat banklarining reytinglari oshib borayotir. Respublikamizdagi 26 ta tijorat bankining faoliyati xalqaro reyting agentliklari tomonidan ijobiy baholangani ana shuning dalolatidir. Bu esa xorijiy investitsiyalarni jalb etishga turtki berayapti.
Anjumanda soha mutaxassislari tomonidan mamlakatimizda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirish, ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan to’ldirishda investitsiyalarning roliga bag’ishlangan ma’ruzalar qilinib, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.