Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SARVAR OTAMURATOVNING ANDIJON VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SARVAR OTAMURATOVNING ANDIJON VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov 3-noyabr kuni Andijon viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Andijon viloyatining barcha tuman va shaharlari saylovchilari bilan videokonferensiya orqali muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuvni O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi viloyat kengashi ijroiya qo‘mitasi devoni rahbari H.Omonov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili S.Mamitova yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

Uchrashuvda Prezidentlikka nomzod S.Otamuratov o‘z nutqida saylovoldi dasturida ilgari surilgan asosiy yo‘nalishlar haqida so‘zladi.

Nomzod O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining maqsadi – milliy tiklanishdan milliy yuksalishga erishish g‘oyasini amalga oshirish, iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishini ta’minlash, xalqimiz farovonligini oshirish, mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishtalikni yanada mustahkamlash, O‘zbekiston xalqining milliy-madaniy va ma’naviy-axloqiy qadriyatlari, urf-odatlarini asrash va boyitish, tashqi siyosatda milliy manfaatlarni himoyalash ekanini ta’kidladi.

Dasturda milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur va qadr-qimmat tuyg‘usini mustahkamlash, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi turmush sifati, darajasi va farovonligini oshirish bo‘yicha davlat dasturlari qabul qilish hamda kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish belgilangan. Milliy bozorni sifati past, xalqaro andozalarga mos kelmaydigan mahsulotlardan muhofaza qilish, qulay sarmoyaviy muhitni shakllantirishning huquqiy asoslarini kuchaytirish, davlat kompaniyalari va davlat ulushi ustunlik qiladigan korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyati ochiqligini ta’minlash orqali ular samaradorligini oshirish, ichki xususiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga yo‘naltirishni yanada kengaytirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa sifatida qayd etilgan.

Prezidentlikka nomzod qadimiy va boy tarixga ega bo‘lgan, mustaqillik tufayli qadr-qimmati tiklangan o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini yanada mustahkamlash va uning to‘la amal qilinishiga erishish, til madaniyatini yanada yuksaltirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish zarurligini alohida ta’kidladi.

Uchrashuvda Bo‘z tumanidagi 1-umumta’lim maktabi direktori Yu.Azimova, Andijon bank kolleji direktori o‘rinbosari K.Zaynobiddinov, xalq deputatlari Shahrixon tumani Kengashi deputati B.Mahmudov va boshqalar so‘zga chiqdi. Nomzod ilgari surayotgan takliflar milliy-madaniy hayotimizda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Saylovchilarni 4-dekabrda o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

O’zA