SARVAR OTAMURATOVNING NAMANGAN VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etmoqda. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov 5-noyabr kuni Namangan viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.
Viloyatning barcha tuman va shaharlaridagi saylovchilar bilan videokonferensiya orqali muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuvni xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashidagi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi guruhi rahbari O.Mamatkarimov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili O.Mamadaliyev yig‘ilganlarni Sarvar Otamuratovning tarjimai holi bilan tanishtirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.
Dasturda xalqaro miqyosda e’tirof etilgan va bugungi taraqqiyotimizning hayotiy dasturiga aylangan besh tamoyil asosida amalga oshirilayotgan islohotlar bardavomligini ta’minlash, tarixiy, madaniy, boy ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va an’analar asosida jamiyatda yuksak huquqiy va siyosiy madaniyatni mustahkamlash hamda ma’naviy yuksalishga erishish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilgan.
Nomzod dasturda aholi turmush sifati, darajasi va farovonligini oshirish ijtimoiy sohadagi ustuvor strategik maqsad sifatida belgilanganini ta’kidladi.
O‘zbek xalqining yuksak madaniyati va iste’dodini namoyish etadigan, estetik qimmatga ega bo‘lgan qadimiy milliy hunarmandlik turlarini qayta tiklash va rivojlantirish, hunarmandlik maktablari an’analarini saqlab qolishga alohida e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, dasturda xorijiy mamlakatlar kutubxona, arxiv va muzeylarida saqlanayotgan madaniy meros namunalarini O‘zbekistonga qaytarish, oila, meros, uy-joy da’vosi va maishiy turmushda uchraydigan nizolarni sudgacha hal etish tizimini rivojlantirish, turistik faoliyat manzillarida, aeroport va vokzallarda ko‘rsatilayotgan servis va xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan davlat dasturini qabul qilish, milliy axborot xavfsizligini ta’minlash kabi qator ustuvor vazifalar belgilangan.
Uchrashuvda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i A.Tojiboyev, Namangan shahar transport va axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi Yu.Rahimova, xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi Namangan viloyati bo‘limi raisi S.A’zamova, Namangan “Yoshlar markazi” psixologik maslahat markazi rahbari S.Mutalov va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturi yuzasidan fikr bildirdi. Saylovchilarni 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.
O’zA