Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SARVAR OTAMURATOVNING NAVOIY VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SARVAR OTAMURATOVNING NAVOIY VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov 9-noyabr kuni Navoiy viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Viloyatning barcha tuman va shaharlari saylovchilari bilan videokonferensiya orqali muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuvni O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashidagi guruhi rahbari B.Bozorov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili A.Bobomurodova yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar yuzasidan nutq so‘zladi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotida Navoiy viloyati alohida o‘ringa ega. Xususan, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 10 foizi, jumladan, sementning 45, mineral o‘g‘itlarning 30, elektr energiyasining 16 foizi Navoiy viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Navoiyazot”, “Qizilqumsement” korxonalari, Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, “Elektr kimyo zavodi” kabi yirik quvvatlar mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim asosi hisoblanadi. Mamlakatimizda birinchi bo‘lib Navoiy viloyatida tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonadagi 19 korxonada 100 dan ortiq turdagi zamonaviy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

Nomzodning saylovoldi dasturida milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari ezgu g‘oyasi asosida iqtisodiyot, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, sud-huquq, axborot, sport va tashqi siyosat sohalarida bir qator vazifalar belgilangan. Dasturga iqtisodiyot sohasida xalqning milliy tiklanishi – iqtisodiy islohotlarning negizidir tamoyili asos qilib olingan.

Dasturda erishilgan yutuqlar bilan birga, kelgusida qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar, jumladan, Navoiy erkin iqtisodiy zonasida transport-logistika tarmog‘idan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” belgisi ostida jahon bozoriga mahsulot yetkazib berishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni davom ettirish, import o‘rnini bosadigan mahalliy xomashyo asosida mahsulot ishlab chiqaruvchilarni samarali qo‘llab-quvvatlash, ular uchun soliq miqdorini kamaytirish, bojxona imtiyoz va preferensiyalari, imtiyozli subsidiyalar va boshqa shakllardagi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini joriy etishga alohida e’tibor qaratilgan.

Uchrashuvda xalq deputatlari Navbahor tuman Kengashi deputati F.Rajabov, “Uchquduq” gazetasi bosh muharriri R.Qodirova va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘ppartiyaviylik va muqobillik asosida, demokratik tamoyillarga mos o‘tayotganini ta’kidlab, Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturi va unda belgilangan vazifalar xususida fikr bildirdi. Saylovchilarni 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

O’zA