Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SARVAR OTAMURATOVNING SIRDARYO VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SARVAR OTAMURATOVNING SIRDARYO VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov 11-noyabr kuni Sirdaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan uchrashuvni xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati J.Komilov ochdi. Nomzodning ishonchli vakili N.Soatov yig‘ilganlarni Sarvar Otamuratovning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.

Dasturda yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni barqaror rivojlantirish, xalqimiz farovonligini izchil yuksaltirish, Vatanimizning rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishi yo‘lidagi ezgu maqsadlarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilangan.

O‘zligini anglagan, qadriyat va an’analarini e’zozlagan, tarixiy xotirasini asragan xalq iqtisodiy, ijtimoiy va gumanitar taraqqiyotga yuz tutadi. Mamlakatimizda bu borada erishilgan yutuqlarni mustahkamlash va amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish eng muhim vazifa. Partiyamiz milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur va qadr-qimmat tuyg‘usini mustahkamlash masalalariga ustuvor ahamiyat bergan va bundan buyon ham ushbu hayotiy masalalar doimo e’tiborda bo‘ladi, deb qayd etdi Sarvar Otamuratov.

Dasturda millat genofondini asrash va sog‘lom avlodni voyaga yetkazish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, genlarni modifikatsiya qilish usulidan foydalanishni cheklash, erta turmush va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning oldini olish borasida aniq va ta’sirchan choralar ko‘rish, bu boradagi targ‘ibоt-tushuntirish ishlari, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, oila va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yosh oilalarga g‘amxo‘rlikni oshirish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Uchrashuvda Guliston davlat universiteti kafedra mudiri A.Yo‘ldoshev, Guliston shahridagi 17-maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi B.Alimova, Mirzaobod tumanidagi 29-umumta’lim maktabi direktori O‘.Gadoyev, Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo tumani kengashi raisi B.Isayev va boshqalar nomzodning dasturi haqida fikr bildirdi. Saylovchilarni 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

O’zA