SARVAR OTAMURATOVNING SURXONDARYO VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov 16-noyabr kuni Surxondaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.
Videokonferensiya tarzida tashkil etilgan uchrashuvni O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashidagi deputatlik guruhi rahbari S.Tursunov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili B.Xudoyqulov yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov o‘zining saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.
Nomzod dasturda “Milliy tiklanish – avvalambor milliy o‘zlikni anglash demakdir”, “Milliy manfaatlar va milliy qadriyatlarimiz himoyasi – bosh vazifamiz”, “Farzandlari sog‘lom va barkamol yurt qudratli bo‘lur”, “O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q”, “Barkamol avlod – millat tayanchi” tamoyillari asosida ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy va sud-huquq, iqtisodiyot, ijtimoiy, axborot va tashqi siyosat sohalarida bir qator vazifalar belgilanganini ta’kidladi.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasining maqsadi – milliy tiklanishdan milliy yuksalishga erishish g‘oyasini amalga oshirish, ichki siyosatda iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishi, xalqimizning farovonligi oshishi, mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, tashqi siyosatda milliy manfaatlarni himoya qilish, O‘zbekiston xalqining milliy-madaniy va ma’naviy-axloqiy qadriyatlari, urf-odatlarini saqlash va boyitishdan iborat.
Dasturda milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur va qadr-qimmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, aholining ovqatlanish ratsionini kengaytirish, mamlakatimizda sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish, bunda genlarni modifikatsiya qilish usulidan foydalanishni cheklash kabi ustuvor vazifalar ilgari surilgan.
Uchrashuvda Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kursi bo‘limi boshlig‘i A.Mahmadaliyev, Denov tumanidagi 67-sanatoriy maktab-internati direktori R.Salomova, viloyat teleradiokompaniyasi muxbiri S.Siddiqova, Termiz davlat universiteti talabasi F.Qosimov nomzodning dasturi va unda belgilangan vazifalar xususida fikr bildirdi. Saylovchilarni 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.