Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SARVAR OTAMURATOVNING TOSHKENT VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SARVAR OTAMURATOVNING TOSHKENT VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov 18-noyabr kuni Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Videokonferensiya tarzida tashkil etilgan uchrashuvni xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashidagi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi guruhi rahbari A.Saydullayev ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili Sh.Nasimov yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov o‘zining saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.

Toshkent viloyati mamlakatimizning sanoati jadal taraqqiy etayotgan hududlaridan. "O‘zbekiston metallurgiya kombinati", "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati", "Ohangaronsement", "Ohangaronshifer", "Maksam-Chirchiq" kabi aksiyadorlik jamiyatlari, Yangi Angren, Toshkent issiqlik elektr stansiyalari va boshqa yirik sanoat korxonalari mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Yurtimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 15 foizdan ortig‘i, eksportning 14 foizi ushbu viloyat hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Dasturda tarixiy, madaniy, boy ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va an’analar asosida jamiyatda yuksak huquqiy va siyosiy madaniyatni mustahkamlash hamda ma’naviy yuksalishga erishish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilgan. Nomzod “Xalqning ma’naviy-ruhiy tiklanishi – iqtisodiy islohotlarning negizidir” tamoyili asosida Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi oshishida iqtisodiyot hal qiluvchi ahamiyatga ega, deb hisoblaydi.

Ishlab chiqarishga yo‘naltirilmagan xarajatlarni qisqartirish, mahalliy sanoat samaradorligini yanada oshirishning huquqiy asoslarini izchil takomillashtirish, import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni samarali qo‘llab-quvvatlash orqali milliy bozorni sifati past, xalqaro andozalarga mos kelmaydigan mahsulotlardan muhofaza qilish, zamonaviy bilim va malakaga ega muhandis-texnik, moliya-iqtisod, korporativ boshqaruv menejmentlari, axborot texnologiyalari sohasida dasturchilar tayyorlashni tubdan yaxshilash kabi vazifalar ilgari surilgan.

Milliy manfaatlarni himoyalash va ilgari surish, barqaror milliy rivojlanishni ta’minlash, yuksak ma’naviy-intellektual taraqqiyotga erishish uchun mamlakatni modernizatsiya qilish, xususan, milliy axborot tizimlari va milliy axborot resurslarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Uchrashuvda “Hunarmand” uyushmasi Olmaliq shahar bo‘limi raisi M.O‘lmasova, mehnat faxriysi N.Jo‘raboyev, O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati viloyat bo‘limi rahbari N.Qoraboyeva, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Chinoz tumani kengashi raisi Sh.Nizomiddinov nomzodning dasturi va unda belgilangan vazifalar xususida fikr bildirdi. Saylovchilarni 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

O’zA