SARVAR OTAMURATOVNING XORAZM VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov 1-noyabr kuni Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 12-Xorazm okrug saylov komissiyasining raisi R.Jabborov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili M.To‘raboyeva yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.
Prezidentlikka nomzod Sarvar Otamuratov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.
Caylovoldi dasturida ma’naviy-ma’rifiy sohaga alohida e’tibor qaratgan nomzod o‘zligini anglagan, qadriyat va an’analarini e’zozlagan, tarixiy xotirasini asragan xalq iqtisodiy, ijtimoiy va gumanitar taraqqiyotga yuz tutishini ta’kidladi. Madaniy meros obyektlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish, hisobga olish ishlarini takomillashtirish, muzey, arxiv, kutubxona va boshqa joylarda saqlanayotgan, madaniy meros obyekti belgilariga ega bo‘lgan eksponatlar, kolleksiya va arxiv hujjatlarini to‘liq toifalashtirish, bu boradagi qonunchilikni yanada takomillashtirish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratdi.
O‘zbekiston, jumladan, Xorazm ko‘p asrlik tarix va nodir madaniy-tarixiy merosga ega. Bularning hammasi mamlakatimizda ulkan salohiyati to‘liq ishga solinmagan turizm industriyasini rivojlantirish va yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga aylantirish imkonini beradi.
Turizm iqtisodiyotni yanada rivojlantirishning muhim omili sifatida iqtisodiy va ijtimoiy muammolar yechimiga, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishiga, aholi bandligini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy faoliyatning o‘zaro bog‘liq qator tarmoqlari infratuzilmaning rivojlanishiga turtki bo‘lib, yanada ommaviylashadi. Turizm ayni paytda fuqarolik jamiyatining ma’naviy asoslarini shakllantirishda kuchli vosita bo‘lib xizmat qiladi. Sayyohlik infratuzilmasining yanada rivojlanishini, sayyohlar uchun mo‘ljallangan obyektlarning har tomonlama maqbul bo‘lishini, transport va mehmonxona xizmatlari hamda sayyohlik logistikasini takomillashtirishni, sayyohlik industriyasi bilan bog‘liq xizmatlarning turli sohalariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishni ta’minlash lozim.
Aholi turmush sifati, darajasi va farovonligini oshirish – ijtimoiy sohadagi strategik maqsad ekani qayd etildi. Dunyoda dolzarb ahamiyat kasb etayotgan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan davlat dasturini qabul qilish va unda aholining ovqatlanish xilma-xilligini kengaytirish, mamlakatimizda sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish va bunda genlarni modifikatsiya qilish usulidan foydalanishni cheklash, shu bilan birga, aholining ovqatlanish madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Shovot tumani kengashi raisi I.Boltayev, Qo‘shko‘pir tumani “Hayot ko‘zgusi” gazetasi bosh muharriri M.Tillayeva va boshqalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, ushbu dasturda qayd etilgan ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish mamlakatni ijtimoiy rivojlantirish, demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Saylovchilarni 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.
O’zA