Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Saudiya Arabistonidagi “Buxoriylar”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Saudiya Arabistonidagi “Buxoriylar”

Islom dunyosida Imom al-Buxoriyning mavqei va obroʻsi shu qadar yuqoriki, oʻzbekistonliklarni “Buxoriylar” avlodi, deb atashadi. Saudiya Arabistonida ham ular koʻpchilikni tashkil etadi.

Mustaqillik bayrami arafasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosari, “Haj-2018“ mavsumining ishchi guruh rahbari Nuriymon Abulhasan bilan Makkai Mukarramada Saudiyaning Makka va Jidda shaharlarida istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan norasmiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligi nafaqat Oʻzbekistonda, balki, chet davlatlarda ham yurtdoshlarimiz tomonidan katta tantana bilan nishonlanayotgani qayd etildi.

Saudiyalik vatandoshlarimiz mustaqillikning qadri, uning ulugʻ neʼmat ekanligi, istiqlol ularning hayotida ham katta ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. XX asrning 20-30-yillarida oʻzbek millati vakillaridan minglab kishilar xorijiy mamlakatlarga, jumladan, Saudiya Arabistoniga chiqib ketishga majbur boʻlgan.

Oʻsha paytlarda Saudiya Arabistoniga kelib qolgan oʻzbeklarning aksariyati hayotdan koʻz yumgan boʻlsada, ularning avlodlari shu muqaddas zaminda istiqomad qilib kelmoqda.
Eʼtiborlisi, Saudiyadagi “Buxoriy”lar oʻzbekona milliy urf-odat va anʼanalarni saqlab qolgan. Ularning farzandlari arab tilida tahsil oladi, lekin oilada va oʻzbek jamoalarida oʻzbekcha soʻzlashadilar.

Tadbirda ham oʻzbekona samimiyat, oʻziga xos kayfiyat sezilib turdi.

Qoʻmita raisi oʻrinbosari Nuriymon Abulhasan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan xorijda yashayotgan vatandoshlarimiz bilan aloqalarini yanada rivojlantirish borasida keng koʻlamli ishlar olib borilayotgani, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlar, oʻzgarishlar, xususan,mamlakatimizda investitsion muhitni yanada yaxshilash borasida misli koʻrilmagan islohotlar boʻlayotganini qayd etdi.

Oʻz navbatida mezbonlar ham Oʻzbekistonda tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratilgani, oʻz vataniga sarmoya kiritishdek baxtni yaratib bergan uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevdan minnatdor ekanligini bildirdi.

– Garchi besh mahal ibodatimni Kaʼba oldida ado qilsamda, vatanim sogʻinchi qalbimni tark etmaydi, – dedi saudiyalik yurtdoshlarimizdan biri.

– Bugun yurtimizda har bir fuqaro diniy bagʻrikenglik, vijdon erkinligi tamoyillariga amal qilgan holda emin-erkin yashayotgani, masjidlarimizda yaratilgan sharoitlar, diniy oʻquv muassasalaridagi taʼlim sifatidan koʻngillar charogʻon boʻlayotir, –dedi Fargʻona viloyati bosh imom xatibi Salimjon Qodirov. – Yurtdoshlarimizning har yili Haj va Umra ibodatini ado etishlari uchun keng imkoniyat eshiklari ochilmoqda,Oʻzbekistonda boʻlib oʻtganQurʼon musobaqasi kabi tadbirlar esa bu boradagi xayrli ishlarning mantiqiy davomi boʻldi.

Uchrashuv yakunida saudiyalik vatandoshlarimiz tomonidan mehmonlarga muqaddas Kaʼbapoʻsh tuhfa qilinib, shu orqali yurtimiz va yurtdoshlarimizga oʻzlarining iliq salomlarini izhor qildilar.

Tadbirdagi iliq samimiyat uchun minnatdorlik bildirib, bunday uchrashuvlar anʼanaga aylanishi va tez orada Toshkentda ham tashkil etilishiga istak bildirdilar.

www.uza.uz