Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi

AQSHning yetakchi kompaniyalari, investitsiya fondlari va moliya institutlari rahbarlari bilan o‘tkazilgan davra suhbatidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSH Prezidentining maxsus vakili Serjio Gor huzurida ikki tomonlama bitimlarni almashish marosimi bo‘ldi.

Xususan, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha quyidagi hujjatlar imzolangan:

- Transport vazirligi va "Boeing" kompaniyasi o‘rtasida transport sohasida uzoq muddatli hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- "Texnopark" MCHJ va "FLSmidth" kompaniyasi o‘rtasida tog‘-kon uskunalarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risida bitim;

- "Akfa group" va "Cleveland Clinic" o‘rtasida ko‘p tarmoqli klinika va ta’lim muassasasini tashkil etish to‘g‘risida bitim;

- "Centrum Air" aviakompaniyasi va "Oppenheimer" investitsiya kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Iqtisodiyot va moliya vazirligi va "Citigroup" kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- "O‘zbekgidroenergo" AJ va "Cargill Financial Services International" kompaniyasi o‘rtasida moliyaviy hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- "O‘ztransgaz" AJ va "Pangea Filtration Technology" kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda "Cove Capital" kompaniyasi o‘rtasida istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish to‘g‘risida bitim;

- "Yangi Kon" MCHJ va "SLB" kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bilan "Biologic International" kompaniyasi o‘rtasida sun’iy intellekt va biotexnologiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun jamg‘armalar tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim.