Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SAVDO-SANOAT PALATASI VA BMT TARAQQIYOT DASTURI O’ZBEKISTONDA INKLYUZIV BIZNES-MODELLARNI RIVOJLANTIRMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SAVDO-SANOAT PALATASI VA BMT TARAQQIYOT DASTURI O'ZBEKISTONDA INKLYUZIV BIZNES-MODELLARNI RIVOJLANTIRMOQDA

O’zbekistonda inklyuziv loyihalarni rivojlantirishga doir imkoniyatlar muhokamasiga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi, deya xabar beradi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.

Davra suhbati BMTTD va O’zbekiston Savdo-sanoat palatasining “O’zbekiston Biznes-forumi” (3-faza) qo’shma loyixasi tomonidan tashkil qilindi.

O’zbekistonda inklyuziv bozorlarni rivojlantirish aholining kam ta’minlangan qatlami orasida bandlikni ta’minlash va ishsizlikni qisqartirishdagi muhim yo’nalishlardan biri bo’lib hisoblanadi. Muhokamalar jarayonida inklyuziv biznes-modellarga aholining himoyaga muhtoj qatlamlarini halqxo’jaligining turli tarmoqlaridagi tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilishga yo’naltirilgan umumiy ishbilarmonlik strategiyasining bir elementi sifatida qaralishi lozimligi ta’kidlab o’tildi. Xususiy, davlat, ijtimoiy va akademik tarmoqlarning ekspertlari hamda vakillari yangi inklyuziv biznes-loyihalarni rivojlantirishga doir muvaffaqiyatli misollar va hamkorlik imkoniyatlarini o’rganib chiqishdi. Shuningdek, O’zbekistonda muvoffaqiyatli inklyuziv biznes-modellarni keng ko’lamda amaliyotga tadbiqetish uchun zarur bo’lgan resurslar va unga doir cheklovlarni olib tashlash yo’llari muhokama qilindi.

Inklyuziv biznes-modellari kam ta’minlangan, himoyaga muhtoj va imkoniyatlari cheklangan odamlarni mahsulot ishlab chiqarish zanjirining turli bosqichlariga talab tomondan iste’molchilar sifatida, taklif tomondan esa ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar sifatida jalb qilishni nazarda tutadi. Inklyuziv korxonalar faoliyati aholining turmush darajasini oshirishga va tijoriy manfaatni saqlab qolgan holda aholiga foyda keltirishga yo’naltirilgan bo’ladi.

Inklyuziv modellar biznes va aholini o’zaro manfaatdorlik asosida birlashtirib, jalb qilingan barcha tomonlar ushbu hamkorlikdan manfaatdor bo’ladigan holda biznes yuritishning bir usulidir. Kompaniyalar uchun inklyuziv biznes-modellar – bu o’sish uchun imkoniyat, bozor ulushining oshishi va raqobat afzalligi demakdir. Davlat uchun inklyuziv biznes umumiy ijtimoiy-iqtisodiy o’sish va rivojlanishga nisbatan samarali yondashuvni o’zida namoyon etadi. Nihoyat, aholi uchun inklyuziv biznes-modellari yaxshi hayot, ijtimoiy integratsiya, bandlik va hayot kechirish uchun barqaror vositalar manbai bo’lib xizmat qiladi.

Hamkorlikda ishlash davomida O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMT Taraqqiyot dasturining “O’zbekiston Biznes-forumi” loyihasi tomonidan O’zbekistonda uchta sinov tariqasidagi inklyuziv loyiha amalga oshirilgan. Namanganda kichik fermerlardan sutni bozor narxlarida sotib oluvchi va shu tariqa mahalliy aholi orasida hayot kechirishning barqaror vositalarini kafolatlovchi sutni yig’ishga mo’ljallangan markaz ochilgan. Yangiyo’lda davlat-xususiy hamkorlik doirasida shaharni ozoda saqlagan va mahalliyaholi sog’ligini himoya qilgan holda atrof-muhit ifloslanishi muammosi bilan kurashishga ko’maklashuvchi chiqindilarni boshqarishning takomillashtirilgan tizimi yo’lga qo’yilgan. Shuningdek, Xorazm viloyati aholisi ham ijtimoiy inklyuziv tashabbusidan foyda ko’rdilar. Mahalliy tikuvchilik sexining boshqaruvchilari ishsiz, shu jumladan imkoniyati cheklangan xotin-qizlarni ularga ish bilan ta’minlash imkoniyatini taqdim etgan holda qo’l mehnati va tikuvchilik hunariga o’qitishdi.

Amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan tadbirdan inklyuziv biznes loyihalariga xususiy sektor vakillarining e’tiborini jalb qilish va ushbu yo’nalishdagi investitsiyalar hajmining o’sishiga ko’maklashish kutilmoqda. Natijada, aholining turmush darajasini oshirish va barqaror ish o’rinlari hamda daromad manbaalarini tashkil etgan holda aholining himoyaga muhtoj qatlamlari, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar uchun zarur bo’lgan tovarlar va xizmatlarda foydalanish imkonini shakllantirish rejalashtirilgan. Muhokama natijalaridan inklyuziv loyihalarga doir batafsil yangi takliflar ishlab chiqilishida va ularinng moliyalashtirilishida, shuningdek O’zbekistonda inklyuziv biznes-modellarni rivojlantirishga ko’maklashish bo’yicha tahliliy hisobot va tavsiyalar tayyorlanishida foydalanish nazarda tutilgan.

“Jahon” AA