SAVDO VA SANOAT BO‘YICHA O‘ZBEKISTON-BRITANIYA KENGASHI HAMRAISI BILAN UCHRASHUV
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
2016-yilning 21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya kengashi (SSO‘BK) hamraisi, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi sobiq Elchisi Barbara Logan Heyni qabul qildi.
B.Hey SSO‘BKning 23-majlisida ishtirok etish uchun Buyuk Britaniya biznes vakillaridan iborat nufuzli delegatsiyaga bosh bo‘lib mamlakatimizga kelgan.
Muloqot davomida savdo-iqtisodiy sohadagi ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari O‘zbekiston-Britaniya kun tartibi nuqtayi nazaridan muhokama qilindi.
Barbara Logan Hey Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan SSO‘BKning 23-majlisi hamda O‘zbekistonning qator vazirlik va idoralaridagi uchrashuvlar yakunlari to‘g‘risida so‘zlab berdi.
Ta’kidlanganidek, hozirgi kunda SSO‘BK savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishning samarali mexanizmlaridan biri hamda ikki davlat ishbilarmon doiralari hamkorligining muhim platformasi hisoblanadi.
Suhbat davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Uchrashuvda Buyuk Britaniya Elchisi Kristofer Alan ishtirok etdi.