SAYLASH VA SAYLANISH HUQUQI KAFOLATLARI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat
hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish
huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega.
Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish
tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 117-moddasidan.
Saylov – demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlagan har bir davlatning muhim belgilaridan biri. Ushbu tadbir orqali fuqarolarning davlat hokimiyatini shakllantirish, vakillik organlariga saylash va saylanishdek siyosiy huquq va erkinliklari amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning saylash va saylanish huquqi, milliy saylov tizimining asoslari belgilab berilgan. Bu qoida va me’yorlar O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi qonunlarida ham mustahkamlangan. Mazkur qonunlar asosini Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro pakt va O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan boshqa xalqaro huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan va umume’tirof etilgan muhim demokratik prinsiplar tashkil qiladi.
– O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida barcha sohalarda bo‘lgani kabi siyosiy tizimda ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi, – deydi Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i X.Mamatov. – Xalqimiz asrlar davomida orzu qilgan hurfikrlikka, adolat va qonun oldida tenglikka asoslangan jamiyat qurish uchun mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiluvchi, fikrlar xilma-xilligini ta’minlovchi ko‘ppartiyaviylik tizimi shakllantirildi. Mamlakat aholisi muayyan qatlamlari manfaatini ifoda etadigan hamda demokratik saylovlar jarayonining asosiy subyekti sifatida siyosiy partiyalar shakllandi va ularning rivoji uchun tashkiliy sharoit va huquqiy asos yaratildi. Siyosiy partiyalarning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash choralari ko‘rildi.
Shu bilan birga, tarixi qadimiy o‘zbek milliy davlatchiligining boy tajribasini, qadriyatlari va an’analarini, insonparvarlik tamoyillarini o‘zida mujassam etgan, erkin va adolatli saylovlar o‘tkazishning xalqaro normalariga, demokratiya, huquqiy tenglik, erkinlik va oshkoralik kabi prinsip va standartlarga to‘la mos keladigan, jahonda e’tirofga sazovor bo‘lgan qonunlar qabul qilinib, amaliyotga tatbiq etildi. Bu mamlakatimizda demokratiyaning asosiy tamoyili – saylov huquqi, fuqarolar o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishi, o‘zlari tanlagan munosib nomzodga ixtiyoriy ovoz berishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga yoki davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylash va saylanish kabi huquqlarini ta’minlash uchun imkoniyat yaratdi. Ularda saylovlarning faqat ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilishi, Markaziy saylov komissiyasining saylovoldi kampaniyasi jarayonidagi mutlaq vakolatlari kabi eng rivojlangan demokratik davlatlar amaliyotida ham kam uchraydigan muhim huquqiy normalar belgilab qo‘yildi.
Shu kunlarda mamlakatimizda muhim siyosiy tadbir – 2016-yil 4-dekabr kuni o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.
Mazkur saylov ham konstitutsiyaviy organ maqomiga ega, faoliyatining asosiy prinsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan o‘tkazilmoqda. Saylov kampaniyasi davomida amalga oshiriladigan tadbirlar Markaziy saylov komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq tashkil etilmoqda. Bu jarayon saylov qonunchiligimizda belgilanganidek, ochiq va oshkora amalga oshirilib, saylov komissiyalari faoliyatidan aholi xabardor etib borilayotir.
Konstitutsiyamiz va saylovga oid qonunlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
O‘zA