SAYLOV – DEMOKRATIYA KO‘ZGUSI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Nukusda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi mas’ul xodimlari, Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi partiya deputatlari, partiya faollari, jurnalistlar ishtirok etgan tadbirda partiyaning joriy yil 4-dekabrda o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarligi hamda navbatdagi qurultoyga delegatlar saylash masalasi ko‘rib chiqildi.
Mamlakatimizda Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida amalga oshirilgan tub islohotlar, yaratilgan mustahkam milliy saylov qonunchiligi umume’tirof etilgan xalqaro standartlar va demokratik tamoyillarga to‘la javob beradi.
Saylovlar milliy saylov qonunchiligi asosida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan mustaqil ravishda tashkil etilib, ularda siyosiy partiyalarning ishtiroki uchun teng sharoitlar yaratilgan, konstitutsiyaviy-siyosiy huquqlardan biri bo‘lgan fuqarolarning saylov huquqi to‘la kafolatlangan.
Konferensiyada O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi tarkibiga o‘zgartishlar kiritildi, ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Partiyaning navbatdagi qurultoyiga delegatlar saylandi.
O‘zA