SAYLOV JARAYONINING BARCHA BOSQICHLARIDA JAMOATCHILIKNING FAOLLIGI ZARUR
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Samarqandda “Fuqarolarning huquqiy va saylov madaniyatini yuksaltirish – demokratik saylovlarning muhim omili sifatida” mavzusida seminar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, O‘zbekiston Nogironlar jamiyati, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limlari, milliy madaniyat markazlari vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2016-yil 7-oktabrda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida saylovchilar huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar dasturi asosida viloyatdagi mahallalar, jamoat tashkilotlarida aholiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga ko‘rilayotgan tayyorgarlik va saylov kampaniyasi tadbirlari haqida atroflicha ma’lumot berilayotgani ta’kidlandi. Fuqarolarning saylov huquqlarini ta’minlash va saylov qonunchiligi doirasida saylovchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida xotin-qizlar, keksalar, nogironlar, turli millat va elatlar vakillari o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibоt tadbirlari amalga oshirilmoqda.
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonida inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar ham tizimli ishlar olib bormoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) mas’ul xodimi J.Islomov. – Jumladan, Ombudsman tomonidan aholi o‘rtasida saylov qonunchiligi targ‘ibоti yuzasidan o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Shuningdek, “Ishonch telefoni” tashkil etilib, shu vaqtga qadar 200 ga yaqin murojaat bo‘ldi. Barcha murojaaatlarga qonunchilikda belgilangan tartib asosida javob berildi.
Seminarda mahallalar, mehnat jamoalarida “Men shaxsan o‘zim ovoz beraman”, “Bizning oilamizda har birimiz o‘z ovozimizga egamiz”, “Mening ovozim Vatan kelajagiga daxldor”, “Biz tanlash huquqiga egamiz”, “Saylovchilar ro‘yxatida bormisiz?” kabi mavzulardagi targ‘ibоt tadbirlari samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.
– Saylov jarayonining barcha bosqichlaridan saylovchilar xabardor bo‘lishi, ularning huquqiy madaniyatini, aholining ijtimoiy faolligini oshirish muhim vazifadir, – deydi O‘zbekiston Nogironlar jamiyati Samarqand viloyati bo‘limi raisi D.Pardayev. – Shu bois bugungi kunda hamkor tashkilotlar bilan birga imkoniyati cheklangan fuqarolar o‘rtasida saylov qonunchiligi va unda har bir fuqaro ishtirok etishining ahamiyati haqida tushuntirish ishlari olib bormoqdamiz. Bu esa ularning saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga to‘laqonli rioya etishi va saylov kuni o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishini ta’minlaydi.
O’zA