SAYLOV JARAYONLARIDA XOTIN-QIZLAR FAOL ISHTIROK ETMOQDA
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida yaratilgan demokratik standartlarga to‘liq javob beradigan saylov qonunchiligi va tizimi barcha fuqarolar qatori xotin-qizlarning ham saylov jarayonlarida o‘z xohish irodasini erkin bildirish kafolatini ta’minlayotir.
Joriy yil 4-dekabrda bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida 11 millionga yaqin xotin-qizning ishtiroki kutilmoqda. Ayni paytda joylarda ayollarning saylovlardagi faol ishtirokiga oid davra suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan seminarda Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi, «Oila» ilmiy-amaliy markazi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibоt markazi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi vakillari, jurnalistlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar barcha sohalarda bo‘lgani kabi temir yo‘l tizimida ham ayollar mehnatini qadrlash, ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, ma’naviy muhofazasi borasida muayyan ishlar amalga oshirilayotganini takidladi.
Bugungi kunda temir yo‘l tizimida 70 mingdan ziyod xodim xizmat qilmoqda. Shundan 14 mingdan ko‘pini xotin-qizlar tashkil qiladi.
– Mamlakatimizda istiqlol yillarida xotin-qizlarga munosabat tubdan o‘zgardi, – deydi Toshkent temir yo‘l transporti kasb-hunar kolleji xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi Yoqutxon Hakimova. – Birinchi Prezidentimizning ayollarga ko‘rsatgan hurmat-ehtiromi, ishonchi hamda g‘amxo‘rligi natijasida ularning jamiyat va oiladagi o‘rni yanada mustahkamlandi.
Seminarda "O‘zbekistonda xotin-qizlar huquq va imkoniyatlari davlat himoyasida", "Ayol – oila – jamiyat" kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Bu kabi tadbirlar xotin-qizlarning siyosiy madaniyati oshishiga, saylov jarayonlarida faol ishtirok etishiga xizmat qiladi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova so‘zga chiqdi.
O’zA