SAYLOV JARAYONLARINI YORITISH MASALALARI MUHOKAMA ETILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkentda O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) va nodavlat teleradiouzatuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonlarini nodavlat ommaviy axborot vositalarida yoritish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zEOAVMA boshqaruvi a’zolari, Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati, hududiy teleradiostansiyalar hamda loyihalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati rahbari N.Nurmatov va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining ochiqlik, oshkoralik va transparentlik singari demokratik tamoyillarga muvofiq holda o‘tkazilishida ommaviy axborot vositalari muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasi hamda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq ommaviy axborot vositalari saylov jarayonini keng yoritadi.
Joriy yilning 21-sentabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini yoritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi va O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi o‘rtasida bitim imzolandi. Unga muvofiq O‘zEOAVMA saylov kampaniyasi jarayonini yoritish bo‘yicha axborotlarni tayyorlash va efir vaqtining ajratilishini ta’minlash, saylovchilarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan ijtimoiy axborot kampaniyalarini olib borish kabi qator vazifalarni amalga oshiradi.
Yig‘ilishda O‘zEOAVMA va nodavlat teleradiouzatuvchilarning mazkur bitim asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini yoritish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi muhokama qilindi. Xususan, nodavlat teleradiouzatuvchilarning moddiy-texnik bazasi, jumladan, studiyalar jihozlanishini tartibga solish va zarur anjomlar bilan ta’minlash yuzasidan bajarilishi lozim bo‘lgan masalalar ko‘rib chiqildi.
O’zA