Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SAYLOV KODEKSINING YARATILISHI, TUZILISHI VA YANGILIKLARI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SAYLOV KODEKSINING YARATILISHI, TUZILISHI VA YANGILIKLARI

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida mamlakatimiz siyosiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan saylov qonunchiligi bir qator qonun va qonunosti hujjatlaridan iborat bo’lsada, afsuski, hanuzgacha yaxlit bir hujjat shakliga keltirilmaganligini ta’kidlab, xalqaro norma va standartlarga javob beradigan O’zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish vazifasini qo’ygan edilar.

Binobarin, amaldagi saylov qonunchiligi huquqni qo’llash amaliyotida ayrim murakkabliklarni keltirib chiqarayotgan edi. Aniqroq qilib aytganda, bunga saylov jarayonini tashkil etish va o’tkazishning aksariyat tartib-taomillari tarqoq holda bir nechta qonunlar bilan tartibga solinganligi, aksariyat qoidalarning takrorlanishi,shuningdek ayrim o’ta muhim masalalar qonun darajasida emas, balki Markaziy saylov komissiyasining nizom va yo’riqnomalari bilan belgilanganligi ular o’rtasida ba’zi nomuvofiqlik va qarama-qarshiliklarni vujudga keltirayotgan edi.

Eng ilg’or xalqaro standartlar asosida, qisqa fursat ichida mustaqil O’zbekiston tarixida ilk bor Saylov kodeksi loyihasi ishlab chiqildi va qabul qilindi.

Mazkur kodeks tarqoq holdagi 5 ta qonun (“O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”, “Fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlari to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”, “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida”gi) va Markaziy saylov komissiyasining saylovlarni tashkil etish va o’tkazishga oid o’nlab nizom va yo’riqnomalarini yagona qonun hujjatida mujassam etdi.

Qayd etish joizki, Saylov kodeksi loyihasini tayyorlashda 50 dan ortiq ilg’or xorijiy davlatlarning tajribasi o’rganildi. Ayni paytda, xorijiy mamlakatlar saylov qonunchiligi va tajribasi tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, bugungi kunda 40 ga yaqin davlatda, xususan Fransiya, Belgiya, Braziliya, Belarus va Ozarbayjon kabi davlatlarda saylov kodekslari qabul qilingan.

E’tiborli jihati shundaki, ilk bor Saylov kodeksi xalqaro ekspertizadan o’tkazildi. Xalqaro tashkilotlarning ekspertlari ishtirokida 2018 yilning 16-17 noyabr kunlari Buxoro shahrida o’tkazilgan xalqaro konferensiyada Saylov kodeksi loyihasi yuzasidan kelib tushgan takliflar atroflicha muhokama qilindi. Yevropadagi xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil davlatlar hamdo’stligi, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi, Islom hamkorlik tashkiloti, Yevropa Kengashining Venetsiya komissiyasi kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan kodeks loyihasi o’rganilib, tavsiyalar berildi.

Shu asosda tayyorlangan Saylov kodeksi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 25 iyun kuni imzolandi va rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.

18 -bob, 103- moddadan iborat bo’lgan Saylov kodeksi ilgari saylov qonunchiligimizda mavjud bo’lmagan yangi tartib va qoidalar bilan yanada takomillashtirildi.Xususan:

- Saylov uchastkalari bilan bog’liq o’zgarishlar

- Uchastka saylov komissiyasi a’zolarining yarmidan ko’pi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emasligi belgilab qo’yildi. Bu esa, saylovlarni o’tkazish va tashkil etishda xolislik tamoyilining hayotga tatbiq etilganidan dalolatdir.

Shuningdek, uchastka saylov komissiyalarining ovoz berish jarayoni tugagandan keyin amalga oshiradigan aniq harakatlari (ovozlarni sanash, bayonnomalarni tuzish, okrug saylov komissiyalari bilan o’zaro aloqalari va h.k) qonun darajasida mustahkamlandi. Ilgari bunday normalar Markaziy saylov komissiyasining hujjatlarida aks etgan edi.

Shu bilan birga, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida muhokama etiladigan va tavsiya etiladigan uchastka saylov komissiyalari a’zolari nomzodlari bo’yicha jamoat birlashmalariva tashkilotlarining takliflari olinishi tartibi o’rnatildi. Natijada, komissiya faoliyati yanada xalqchil ahamiyat kasb etishi ta’minlandi.

Ma’lumki, ilgari Qonunchilik palatasiga, mahalliy Kengashlarga saylov bir vaqtda o’tkazilgan taqdirda, yagona saylov uchastkasini tuzish tartibi qonunchilikda belgilanmagan edi. Saylov kodeksida mazkur masalalar o’zining huquqiy yechimini topdi. Endilikda, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o’tkazuvchi yagona saylov uchastkalari tuzish tartibi o’rnatildi.

Uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarni, xonalarni va ovoz berish xonalarini jihozlashga doir talablar qonun darajasida belgilandi.

II. Nomzodlar bilan bog’liq o’zgarishlar

Ma’lumki, ilgari xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlar ko’rsatish huquqiga siyosiy partiyalar va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari ega edi. Endilikda, Saylov kodeksiga muvofiq, nomzodlarni xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga o’zini-o’zi boshqarish organlari tomonidan ko’rsatish tartibi bekor qilindi. Mazkur yangilik mahalliy Kengashlarda partiyaviy yondashuvni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Kiritilgan yana bir muhim o’zgarishlardan biri nomzodlar ishonchli vakillarining mamlakatimizbo’ylabsafar xarajatlari saylovni o’tkazish uchun ajratilgan mablag’lar hisobidan to’lanishi tartibi joriy etilganligidir.Bu ishonchli vakillarning o’z vazifalarini sidqidildan bajarishiga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, endilikda siyosiy partiya u yoki bu shaxsni nomzod etib ko’rsatish to’g’risidagi o’z qarorini saylovga kechi bilan o’n besh kun qolganida bekor qilishi mumkin. Avvallari esa, siyosiy partiyaning bunday qarori saylovga kechi bilan besh kun qolganda bekor qilinishi mumkin edi. Ushbu holat saylov kuniga yaqin tig’iz paytda birmuncha murakkabliklarni keltirib chiqarar edi.

Saylovoldi tashviqoti nomzodlarni ro’yxatga olish uchun belgilangan oxirgi kunning ertasidane’tiboran boshlanishi belgilandi. Avvalgi amaliyotda, saylovoldi tashviqoti deputatlikka nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro’yxatga olingan kundan e’tiboran boshlanaredi. Bu esa, nomzodlarga teng imkoniyatlarni ta’minlashga to’sqinlik qilar edi.

Yana bir bir muhim jihat. Viloyat Kengashi deputatligiga nomzod besh nafarga qadar(avval 3 nafar edi) ishonchli vakilga ega bo’lish tartibi yo’lga qo’yildi. Ishonchli vakillar sonining oshganligi saylov kampaniyasini o’tkazish, saylovoldi tashviqotlari olib borish, davlat organlari va jamoat birlashmalari, saylov komissiyalari bilan bo’ladigan munosabatlarda nomzodning manfaatlarini ifodalashda qulayliklar yaratadi.

III. Ovoz berish bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlar

Mazkur yo’nalishdagi o’zgarishlarda, avvalo, saylov byulletenidagi bo’sh kvadrat ichiga saylovchilar tomonidan nomzodga yoqlab ovoz berishda bir qancha belgilar (Q, √, X) qo’yish imkoniyati yaratilganligida ko’rishimiz mumkin. Busaylovchilarga yanada qulaylik yaratishga qaratilgan amaliyotningtatbiq etilganligidandalolatdir.

Muddatdan oldin ovoz berish va saylov kuni ovoz berish uchun mo’ljallangan saylov byulletenini joriy qilish bilan “saylov varaqasi” tushunchasi chiqarib tashlanligiva saylovchilar yagona elektron ro’yxatining amal qilish mexanizmitartibga solinganligi ham e’tiborga molik jihatlardandir.

Ilgari saylov kuni ovoz berish vaqti 06:00 da boshlanar va uchastka saylov komissiyasi a’zolariga muayyan qiyinchiliklar tug’dirar edi. Saylov kuni ovoz berish vaqti 08:00 dan 20:00 gacha etib belgilanligi komissiya a’zolari va saylovchilar uchun ham qulaylik yaratdi.

Shuningdek, ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan va uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslarning saylovda ishtirok etishi bilan bog’liq qoidalarningkiritilishiSaylov kodeksiningxalqchil hujjat ekanligidan dalolatdir.

Ta’kidlash joizki, avvallari ovoz berish kuniga qadar uch kun ichida jamoatchilik fikri so’rovlari natijalarini, saylov natijalari taxminlarini, o’tkazilayotgan saylov bilan bog’liq boshqa tadqiqotlarni chop etishga (e’lon qilishga), shu jumladan ularni umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlariga (shu jumladan Internet jahon axborot tarmog’iga) joylashtirishga yo’l qo’yilmas edi. Endi esa, ushbu harakatlar faqat saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin amalga oshirilmasligi qoida tariqasida kiritildi.

Qolaversa, saylov byulletenlari Brayl alifbosi asosida tayyorlanishi joriy qilinib, imkoniyati cheklangan shaxslarning saylovga oid konstitutsiyaviy huquqlari kafolatlandi.

IV. Siyosiy partiyalar bilan bog’liq o’zgarishlar

Siyosiy partiyalar tomonidan imzo yig’ishda saylovchilargabir qancha partiyalarni yoqlab imzo qo’yish imkoniyati berildi. Ilgari mavjud bo’lgan bir saylovchining faqatgina bir siyosiy partiyani qo’llab-quvvatlab imzo berishi mumkinligi haqidagi qoida turli siyosiy partiyalarga imzo to’plash jarayonida muayyan ma’noda murakkabliklar keltirib chiqarar edi.

Ayni paytda, siyosiy partiyalar o’zlarining saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish to’g’risidagi axborotni saylov yakunlari e’lon qilinganidan keyin bir oy ichida o’z rasmiy veb-saytlarida va bosma nashrlarida e’lon qilishi qonun darajasida belgilandi. Ilgari mazkur tartib mavjud emas edi. Bu esa, saylov jarayonlari yanada shaffof o’tishiga zamin yaratadi.

Yana bir yangilik shundan iboratki, avvallari imzo varaqalaridagi imzolar soxtalashtirilgan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyaning saylovda qatnashish huquqini rad etishi belgilangan edi.Yangi tartibga ko’ra, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tanlab olingan imzo varaqalarining chorak qismidan ko’prog’ini tekshirish natijasida qonun buzilish holati aniqlansa, mazkur imzo varaqalari siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga qaytariladi. Unga kamchiliklarni bartaraf etish uchun ikki kunlik muddat beriladi.

V. Boshqa o’zgarishlarniham ko’rish mumkin

Saylovchilarning yagona elektron ro’yxatini yuritish tartibi belgilandi. Bu esa, bir saylovchining bir nechta ro’yxatlarda nazarda tutilishini oldini olib, bir saylovchi bir ovozga ega bo’lishini to’liq ta’minlaydi.

Saylovchilarning ro’yxatlariga o’zgartishlar kiritish saylovga uch kun qolganida to’xtatilishi belgilandi. Ilgari bunday normaning aniq belgilanmaganligi bu borada turlichalkashliklarga olib kelar edi.

Saylov okruglarini tuzishdagi yangiliklardan yana biri shuki, endilikda saylov okruglaridagi saylovchilar sonining yo’l qo’yiladigan eng ko’p chegarasining chetga chiqishi o’n foizdan oshmaydi. Bu esa, saylovchilarning barcha okruglarda teng taqsimlanishiga zamin yaratadi.

Ayni damda, joylarda Saylov kodeksiga kiritilgan yangi qoidalar bilan barcha darajadagi saylov komissiyasi a’zolari va ishchi guruhlarini yaqindan tanishtirish lozim. Shu bilan birga, kodeks qoidalarini jurnalistlar tomonidan yoritish bo’yicha uchrashuvlar, turkum ko’rsatuvlar tayyorlash ayni muddaodir. Shu bilan birga, saylov jarayonlarini boshqarishning axborot tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samaralifoydalanishni ta’minlash ham dolzarb vazifalardan biridir.

Xulosa qilib aytganda, O’zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi mamlakatimizda xalqaro norma va standartlarni hayotga izchil tatbiq etish, saylovga oid qonunchilik normalarining unifikatsiyasiga, nomuvofiqlik va kolliziyalarning bartaraf etilishiga, eng muhimi fuqarolarning saylov huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishni ta’minlashga mustahkam huquqiy zamin yaratadi.

Valisher Davlatov,
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi
Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari
instituti bo’lim boshlig’i