SAYLOV OKRUGLARIDA ISH QIZG‘IN
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 14-Toshkent shahar saylov okrugida ham saylovni yuqori saviyada tashkil etish uchun barcha sharoit yaratilmoqda. Okrug saylov komissiyasi raisi, o‘rinbosari, kotibi va okrug saylov komissiyasi a’zolari faoliyat ko‘rsatishi hamda matbuot xizmati uchun alohida xonalar ajratilib, zarur jihozlar bilan ta’minlangan.
– Saylov to‘g‘risidagi qonunchilikni saylovchilarga keng tushuntirish, fuqarolarning bo‘lajak saylovga mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy voqea sifatida tayyorgarlik ko‘rishi uchun zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, – deydi okrug saylov komissiyasi raisi Ahmadxo‘ja Yunusxo‘jayev. – Ayni paytda okrug saylov komissiyasining ish rejasi tasdiqlandi. Saylov komissiyasi a’zolarining navbatchiligi tashkil etildi. Saylovni yoritish bo‘yicha matbuot markazi zarur adabiyotlar, uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari vakolatlari doirasiga saylov uchastkalarini tuzish, okrug bo‘yicha tartib raqamini belgilash, manzilini ko‘rsatgan holda ro‘yxatini matbuotda e’lon qilish, uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish kiradi. Shundan kelib chiqib, poytaxtimizda 713 saylov uchastkasi tuzildi. Uchastka saylov komissiyasi va ovoz berish binosining manzili ko‘rsatilgan holda har bir saylov uchastkasining chegarasi to‘g‘risida ma’lumotlar saylovchilar tanishishi uchun OAVda e’lon qilindi.
O’zA