Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SAYLOV QONUNCHILIGINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SAYLOV QONUNCHILIGINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

2016-yilning 21-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi hamda Adliya vazirligi hamkorligida saylov qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik mavzusiga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan seminarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a’zolari, saylovda ishtirok etuvchi siyosiy partiyalar, Adliya vazirligi va ommaviy axborot vositalari vakillari, huquqshunos olimlar va amaliyotchi mutaxassislar ishtirok etdi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ijtimoiy hayotning barcha sohasi erkinlashtirilishi va modernizatsiya qilinishi natijasida demokratik talablarga javob beradigan zamonaviy saylov tizimi yaratildi. Saylovlarning umume’tirof etilgan xalqaro tamoyillariga mos, fuqarolar xohish-irodasini erkin bildirishi kafolatlarini, har bir insonning davlat hokimiyati vakillik organlariga erkin saylash va saylanish huquqini ta’minlaydigan qonunchilik rivojlanib bormoqda. Saylov jarayonida ochiqlik hamda oshkoralikni ta’minlashning huquqiy mexanizmlari takomillashtirildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)”gi Qonun qabul qilinishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik yangilanish va modernizatsiya jarayonlarining mantiqiy davomi bo‘ldi. Bosh Qomusimizga kiritilgan ushbu o‘zgartish hamda qo‘shimchalardan kelib chiqib, saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari yanada takomillashtirildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi sakkizta moddadan iborat “Saylovlar va referendumlarni tashkil qilish va o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik” deb nomlangan V1 bob bilan to‘ldirildi.

Saylov qonunchiligini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlik qat’iy belgilab qo‘yilishi saylov erkinligi prinsipini yanada to‘liqroq amalga oshirilishi, saylov tizimini yanada demokratlashtirilishi, saylovning ochiq hamda oshkoraligi tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod, ishonchli vakil hamda kuzatuvchining huquqlarini, saylovoldi tashviqoti shartlari va tartibini buzish kabi harakatlar ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Shuningdek,saylov natijalariga ta’sir ko‘rsatish maqsadida nomzod yoxud siyosiy partiya to‘g‘risida ataylab yolg‘on ma’lumotlarni e’lon qilish bilan bog‘liq harakatlar sodir etish ham ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanilishiga olib keladi.

Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq saylov komissiyalari o‘z vakolati doirasida davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar va mansabdor shaxslardan mustaqildir. Zero, saylov jarayonini qonuniy, adolatli hamda saylovning barcha ishtirokchilariga teng sharoitlarda tashkil etish uchun saylov komissiyasi a’zolarining mustaqil holda ish yuritishlari g‘oyat muhim tamoyil hisoblanadi. Uning amalda ta’minlanmasligi saylovlarning demokratik mohiyatiga jiddiy putur yetkazadi.

Saylov komissiyalarining o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlarini bajarmaslik mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Shu boisdan saylovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2016 yil 7 oktyabrda Saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy ish yuritishni rasmiylashtirish yuzasidan uslubiy tavsiyalar tasdiqlandi.

Mazkur tavsiyalarga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, bayonnomani Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, saylovni o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari a’zolari tuzishlari mumkin. Bayonnoma tuzish uchun saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning kuzatuvchilari, vakolatli vakillari, nomzodlarning ishonchli vakillarining arizalari, uchastka saylov komissiyalarining xabarlari, fuqarolarning arizalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat tashkilotlari va mansabdor shaxslarning xabarlari, ommaviy axborot vositalarining xabarlari asos bo‘ladi.

Saylash va saylanish fuqarolarning eng muhim siyosiy huquqlaridan biri bo‘lib, ushbu huquqlar jinoyat qonunchiligi bilan ham muhofaza qilinadi.

Tadbirda e’tirof etilganidek, saylov qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik belgilanishi saylov erkinligi prinsipining to‘liq amalga oshirilishi, mamlakatimiz saylov tizimini yanada demokratlashtirish, saylovning ochiq-oshkoraligi prinsiplarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini
yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi

www.elections.uz