Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SAYLOV UCHASTKALARI SAMARALI FAOLIYAT YURITISHI UCHUN BARCHA ZARUR SHAROITLAR YARATILADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SAYLOV UCHASTKALARI SAMARALI FAOLIYAT YURITISHI UCHUN BARCHA ZARUR SHAROITLAR YARATILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 3-Buxoro okrug saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Komissiya a’zolari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan majlisda okrug hududida saylov uchastkalari tuzish to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.

Majlisda saylovlar mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, iqtisodiy taraqqiyotimiz hamda xalqimiz kelajagini belgilashda muhim ahamiyatga ega ekani, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining oshkoralik, tenglik va adolat tamoyillari asosida o‘tishi uchun xalqaro andazalarga mos mustahkam milliy qonunchilik asosi yaratilgani ta’kidlandi.

– Bunday siyosiy tadbirlarning har jihatdan yuqori saviyada tashkil etilishi saylov uchastkalari faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilishi bilan bog‘liq, – deydi 3-Buxoro okrug saylov komissiyasi raisi M.Daminov. – “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 10- va 11- moddalariga muvofiq, shahar, tuman hokimliklari va harbiy qismlar komandirlarining saylov uchastkalarini tuzish to‘g‘risidagi taqdimnomalari ko‘rib chiqildi. Shunga asosan, okrug hududida 500 saylov uchastkasi tuzildi va ularning tartib raqami, chegarasi va manzili ko‘rsatilgan ro‘yxati tasdiqlandi. Okrug saylov komissiyasining bu haqdagi tegishli qarori matbuotda e’lon qilinadi.

Majlisda saylov uchastkalarida komissiya a’zolarining to‘laqonli faoliyat yuritishi uchun tegishli sharoitlar yaratish, jumladan, mebel jihozlari, komputer, aloqa vositalari bilan ta’minlash, ona va bola, tibbiy xizmat xonasini jihozlash masalalari ham muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha viloyat matbuot markazining nizomi, ish rejasini tasdiqlash, jurnalistlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish va okrug saylov komissiyasi vakolatiga kiruvchi boshqa tegishli masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilindi. Ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun brifing tashkil etildi.

O’zA