Saylov uchastkalari saylovga shay
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Termizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishning huquqiy asoslari masalasiga bag‘ishlangan o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Unda viloyat markazidagi uchastka saylov komissiyalari raislari, o‘rinbosarlari, kotiblari va mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyasining raisi A.Ahmedov, Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi O.Nazarov va boshqalar mamlakatimizda saylovlarni ochiq, oshkora, xalqaro andozalarga mos o‘tkazishning mustahkam tashkiliy-huquqiy asoslari yaratilganini alohida ta’kidladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish uchun Surxondaryo viloyatida qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. 708 saylov uchastkasi tuzilib, saylov uchastkalarining hududiy chegaralari, joylashgan manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar matbuotda e’lon qilindi. Uchastka saylov komissiyasi a’zolari tarkibi obro‘-e’tiborga ega, el hurmatini qozongan, mahallada muqim yashayotgan va saylov qonunchiligidan xabardor partiyasiz fuqarolar orasidan tanlab olinib, tegishli tartibda tasdiqlandi.
Uchastka saylov komissiyalari saylovchilar uchun qulay, zamonaviy binolarda tashkil etilib, zarur axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, aloqa vositalari bilan ta’minlandi. Onalar va bolalar, tibbiyot xonalari talab darajasida jihozlandi. Saylov kuni ovoz berish jarayonini xorijlik va siyosiy partiyalar kuzatuvchilari, ommaviy axborot vositalari xodimlarining bevosita kuzatib turishi uchun barcha qulaylik yaratildi.
Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 44 uchastka saylov komissiyasi faoliyat yuritmoqda. Seminar qatnashchilari olimpiya zaxiralari kasb-hunar kolleji binosida joylashgan 250-saylov uchastkasining jihozlanishi va saylovchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
– Mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy jarayonda saylovchilarning xohish-irodasini erkin ifoda etishi ta’minlanadi, – deydi uchastka saylov komissiyasi raisi N.Orziqulova. – Buning uchun barcha qulayliklar yaratilmoqda. Xonalar zamonaviy usulda jihozlandi. Ovoz berish kabinasi va qutisi saylovchilar uchun eng qulay joyga o‘rnatildi.
Saylov kuni ushbu uchastkada Bog‘ishamol mahallasi fuqarolari yurtimiz taraqqiyoti va porloq kelajagimiz uchun ovoz beradi. Mahalla fuqarolar yig‘ini faollari saylovchilar ro‘yxatini shakllantirib, birinchi marta saylovda ishtirok etadigan yoshlarni aniqlashda uchastka saylov komissiyasi a’zolariga yaqindan ko‘maklashayotir. Saylovchilar, ayniqsa, yosh saylovchilar uchun davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etish rejalashtirilgan.
Bunday o‘quv-seminarlari viloyatning barcha tumanlarida o‘tkaziladi.