SAYLOV UCHASTKALARI TUZILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda okrug hududida saylov uchastkalari tuzish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Mazkur okrug saylov komissiyasi raisi A.Yunusxo‘jayev bo‘lajak saylov qonunlarga muvofiq, xalqaro saylov qoidalariga amal qilingan holda ochiq va oshkoralik prinsiplari asosida o‘tkazilishi mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz kelajagini belgilashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Saylovning har jihatdan yuqori saviyada o‘tishida saylov uchastkalari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 10- va 11-moddalariga muvofiq tuman hokimliklari hamda harbiy qismlar komandirlarining saylov uchastkalarini tuzish to‘g‘risidagi taqdimnomalari ko‘rib chiqildi. Shunga muvofiq okrug hududida 713 saylov uchastkasi tuzildi. Saylov uchastkalarining tartib raqamlari, chegaralari hamda ularning manzili ko‘rsatilgan ro‘yxati tasdiqlandi. Okrug saylov komissiyasining bu haqdagi tegishli qarori mahalliy matbuotda e’lon qilinadi. Yig‘ilishda okrug saylov komissiyasi vakolatiga taalluqli tegishli qarorlar qabul qilindi.
Shu kuni ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing tashkil etildi. Unda okrug saylov komissiyasining joriy yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq amalga oshirayotgan ishlari haqida ma’lumot berildi. Xususan, brifingda saylovchilar okrug hududida tuzilgan saylov uchastkalari manzili hamda ovoz berish binolarining joylashishi haqida matbuot orqali xabardor qilinishi qayd etildi.
Tadbirda okrug saylov komissiyasi a’zolari e’tibor qaratishi zarur bo‘lgan jihatlar haqida so‘z yuritildi. Jumladan, okrug hududida tashkil etilgan saylov uchastkalarini davlat ramzlari, mebel jihozlari, aloqa, axborot, texnika vositalari bilan ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.
O’zA