Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SAYLOV UCHASTKALARIDA SAYLOVGA TAYYORGARLIK JARAYONI MONITORING QILIB BORILADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SAYLOV UCHASTKALARIDA SAYLOVGA TAYYORGARLIK JARAYONI MONITORING QILIB BORILADI

Shu yilning 4-dekabr kuni o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining milliy saylov qonunchiligi va xalqaro demokratik talablar asosida o‘tishi hamda saylovchilarning faol ishtirokini ta’minlashga Farg‘ona viloyatida ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 11-Farg‘ona okrug saylov komissiyasida 980 saylov uchastkasi tuzilib, saylovchilarning ovoz berishi uchun barcha sharoit yaratilmoqda.

– Ushbu muhim siyosiy tadbirga tayyorgarlik milliy qonunchiligimiz talablari va Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq olib borilmoqda, – deydi 11-Farg‘ona okrug saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari O‘ktamxon Soliyeva. – Okrug saylov komissiyasi a’zolari shahar va tumanlarga biriktirildi. Ular saylov uchastkalarida saylovga tayyorgarlik va uni o‘tkazish jarayonini monitoring qilib boradi, uchastka saylov komissiyalari a’zolariga uslubiy yordam ko‘rsatadi.

Okrug hududidagi idora va tashkilotlar, ijtimoiy soha muassasalari, mahalla guzarlari saylovga oid chaqiriq, plakat va boshqa tarqatma materiallar bilan ta’minlanmoqda.

Saylovda Farg‘ona viloyatidan 2 million 417 mingdan ziyod fuqaro o‘z konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirishi kutilmoqda.

Ayni kunlarda viloyatning tuman va shaharlarida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida saylov uchastkalari komissiyalari tarkibiga nomzodlar tavsiya etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Uchastka saylov komissiyalari tarkibiga obro‘-e’tiborli, saylov qonunchiligidan xabardor, tashkilotchi, partiyasiz kishilar orasidan nomzodlar tanlab olinmoqda.

Joylarda saylov uchastkalarining moddiy-texnik ta’minoti hamda saylovchilar uchun qulayliklar yaratish bilan bog‘liq bir qator tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. Ona va bola, tibbiyot xonasi zarur jihozlar bilan ta’minlanmoqda. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish, saylov bilan bog‘liq jarayonlar xususida jamoatchilikni xabardor qilib borish, aholi, ayniqsa, saylovda ilk marotaba qatnashadigan yoshlarning bu boradagi bilim va tushunchalarini kengaytirish, targ‘ibоt-tashviqot ishlariga alohida e’tibor qaratilayotir.

Viloyatda ro‘yxatga olingan saylovchilarning 74 mingdan ziyodi saylovlarda birinchi marta qatnashayotgan yoshlardir. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi hamkorligida yosh saylovchilarni milliy qonunchiligimiz mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Okrugda matbuot markazi tashkil etilgan. Ommaviy axborot vositalarida saylov jarayoni haqida muntazam axborot va maqolalar berib borilmoqda.

O’zA