SAYLOV VA XOTIN-QIZLAR
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Poytaxtimizdagi Uchtepa qurilish-kommunal kasb-hunar kollejida «Xotin-qizlarning saylovdagi ishtiroki» mavzuida seminar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Markaziy saylov komissiyasi, Toshkent shahar hokimligi, Uchtepa tumani hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminarda xotin-qizlar boshlang‘ich tuzilmalarining vakillari, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar, uy bekalari ishtirok etdi.
Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoyalash, ularning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy bilimini yanada oshirish, ijodiy qobiliyati va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash masalasiga doimiy e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2016-yil 7-oktabrdagi qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida saylovchilar huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar dasturiga binoan “Xotin-qizlarning saylovlardagi ishtiroki” mavzuida davra suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkazilayotir. Teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar tashkil qilinib, bosma materiallar e’lon qilinmoqda.
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, uning hududiy bo‘limlari tomonidan bugungi kunga qadar milliy saylov tizimiga oid qonunchilikka bag‘ishlangan turkum davra suhbatlari, uchrashuvlar, seminarlar tashkil etilib, ularda turli jabhalarda mehnat qilayotgan xotin-qizlar, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar, saylovda ilk bor qatnashuvchi qizlar ishtirok etmoqda.
Tadbirda ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi, “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar yuzasidan hamda Prezident saylovining mamlakatimiz va xalqimiz hayoti uchun ahamiyati, saylovchilarning huquq va erkinliklari, ularning ovozi davlatimiz kelajagi va xalqimizning ertangi farovon turmushi uchun qanday ahamiyat kasb etishi bilan bog‘liq turli mavzulardagi savollar tarqatildi va unga seminarda qatnashayotgan ayollarning munosabati tinglandi.
– Mahallamizda 2 ming 200 aholi istiqomat etib, ularning 1 ming 147 nafari saylovlarda ishtirok etadi, – deydi Uchtepa tumanidagi "Xurshid" mahalla fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Feruza Abdurahimova. – Mahallamiz hududidagi 68-saylov uchastkasi mas’ullari bilan birga uy bekalari, nuroniy onaxonlar, alohida ehtiyojli fuqarolar, saylov jarayonida birinchi marta qatnashuvchi yoshlar uchun milliy saylov tizimiga oid qonunchilik mohiyatini tushuntirish yuzasidan targ‘ibоt ishlari olib borilmoqda. Har bir saylov uchastkasida tibbiyot xonasi, ona va bola xonasi zarur vosita va anjomlar, jihozlar bilan ta’minlangani, barcha fuqarolarning ovoz berishlari uchun keng sharoitlar yaratilgani ayollar, nuroniy onaxonlarning muhim siyosiy jarayonda faol ishtirokiga oid ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasidir.
Ishtirokchilar saylov qonunchiligining mazmun-mohiyati, saylovlarning jamiyatimiz taraqqiyotidagi ahamiyati, saylovchilar huquqlari va boshqa masalalar yuzasidan savollariga javob oldi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova so‘zga chiqdi.
O’zA