SAYLOV VA YOSHLAR
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
– Saylov qonunchiligi tizimining negizini tashkil etuvchi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida saylov tizimiga maxsus bob bag‘ishlangan va siyosiy plyuralizmni amalda kafolatlashga qaratilgan bir qator asosiy prinsiplar mustahkamlangan. Bunday bob ko‘pgina davlatlarning konstitutsiyasida mavjud emas!
Toshkent davlat agrar universitetida “Yoshlarning huquqiy va saylov madaniyatini yuksaltirish – demokratik saylovlarning muhim sharti” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati shunday ma’lumot bilan boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili, viloyat hokimligi, Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi Qibray akademik litseyi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda saylov qonunchiligi bo‘yicha mutaxassislar, ekspertlar va saylovda birinchi marta ishtirok etadigan 200 ga yaqin yoshlar qatnashdi.
Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi S.Fayziyeva va boshqalar mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishda navqiron avlod vakillarining faol ishtirokini ta’minlashda yosh saylovchilarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tashkil etish va uni o‘tkazishga oid jarayonlar bilan tanishtirish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
– Bosh qomusimizda 18 yoshga to‘lgan fuqarolar saylash huquqiga ega ekani belgilab qo‘yilgan. Biz o‘z huquqimizdan foydalanib, mamlakatimiz taraqqiyoti uchun ovoz beramiz, – deydi Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi Qibray akademik litseyi o‘quvchisi J.Jalilov. – Tadbir doirasida tashkil etilgan milliy saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, saylovga tayyorgarlik va uni o‘tkazishga oid bilimlarimizni yanada boyitishga xizmat qiluvchi viktorinalar bizda katta taassurot qoldirdi. Bu bizni siyosiy jihatdan yanada faol bo‘lishga undaydi.
O’zA