Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVLAR DAVOM ETMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVLAR DAVOM ETMOQDA

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik muhim pallaga kirdi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonovning ishonchli vakillari saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazayotir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakili D.Mamajonova Quvasoy, Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlari, Beshariq, Bag‘dod, Buvayda, Oltiariq tumanlarida saylovchilar bilan uchrashdi. Uchrashuvlarda ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturi, undagi eng muhim yo‘nalishlar haqida so‘z yuritdi.

Dasturda aholining ehtiyojmand qatlami manfaatlarini himoya qilish, bandlikni ta’minlash tizimini zamonaviy usullar joriy qilish orqali doimiy takomillashtirib borish kabi ustuvor yo‘nalishlarga keng o‘rin berilgan.

Nomzod ushbu maqsadda ishchi kuchi chetga chiqib ketishining oldini olish, buning uchun har yili qabul qilinadigan aholi bandligini ta’minlash dasturi ijrosida yangicha yondashuvlarga o‘tish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tuzishda joriy va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlarini to‘g‘ri va aniq belgilash, korxona va tashkilotlarda mehnatga layoqatli aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni faollashtirish, xizmat ko‘rsatish sohasiga bo‘sh mehnat resurslarini keng jalb etish bo‘yicha takliflarni ilgari surmoqda.

Dasturda kichik biznes, uy mehnati, kasanachilik va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish orqali xotin-qizlar bandligini ta’minlash samaradorligini oshirish, mehnat qonunchiligida ayollarga berilgan huquq va qo‘shimcha imtiyozlardan keng foydalanishi uchun yanada maqbul sharoitlar yaratish lozimligi qayd etilgan.

Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonovning ishonchli vakili saylovchilarning savollariga javob berdi.

O’zA