Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVLAR — ERKIN MULOQOT MAYDONI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVLAR — ERKIN MULOQOT MAYDONI

4-dekabrda bo’lib o’tadigan Prezident saylovi munosabati bilan O’zbekiston XDP tizimida tashkil qilingan markaziy va mintaqaviy saylov shtablari samarali faoliyat olib bormoqda.

Partiyadan ko’rsatilgan nomzod va uning joylardagi ishonchli vakillari tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar qizg’in pallaga kirdi. Ana shu tadbirlar shtablar tomonidan muntazam tahlil qilib borilayapti.

Jumladan, bugungi kunga qadar Xatamjon Ketmonov 11 marta uchrashuv o’tkazdi. Ularda 30 mingga yaqin saylovchilar ishtirok etdi. Nomzodning ishonchli vakillari -tomonidan esa 30 ga yaqin uchrashuvlar tashkil qilinib, ularda 5 mingga yaqin saylovchilar qamrab olindi.

Eng ko’p berilayotgan savollar

Uchrashuvlarda nomzodga 200 dan ortiq savollar bilan murojaat qilindi. Partiya Markaziy saylov shtabi tomonidan har bir murojaat chuqur tahlil etilib, eng ko’p berilgan savollar yo’nalishlari aniqlandi. Bular:

1. Yoshlar, avvalambor, ta’lim muassasalari bitiruvchilari mustaqil ravishda ish boshlashlari uchun qonunchilikka kiritilishi ko’zda tutilayotgan o’zgarishlarga doir;

2. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining sifatli uy-joy, ijtimoiy infratuzilma bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish yo’nalishida olib borish ko’zda tutilayotgan vazifalar xususida;

3. Davlatimizning moliyaviy va iqtisodiy qudratini oshirishni kuchli ijtimoiy siyosatga uyg’unlashtirish bo’yicha belgilangan vazifalar haqida;

4. Aholiga yuqori sifatli va maqbul tibbiy yordamdan keng foydalanish imkoniyatini ta’minlash borasida qanday aniq takliflar ilgari surilayotgani to’g’risida.

Nomzod dasturining saylovchilarga eng ko’p manzur bo’layotgan yo’nalishlari

Uchrashuvlarda saylovchilar tomonidan berilgan savollar hamda so’zga chiquvchilar fikrlari umumiy tahlil qilinib, nomzod dasturining saylovchilarga eng ko’p manzur bo’lgan yo’nalishlari aniqlandi. Ular:

— kichik biznes, uy mehnati, kasanachilik va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish orqali xotin-qizlar bandligini ta’minlash samaradorligini oshirish. Mehnat qonunchiligida ayollarga berilgan huquq va qo’shimcha imtiyozlardan keng foydalanish uchun yanada maqbul sharoitlarni yaratish;

— tijorat banklarining investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirishdagi ishtirokini yanada kengaytirish, xo’jalik yurituvchi sub’yektlarni kreditlash tizimini soddalashtirish, makroiqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib, foiz stavkalarini minimal darajada belgilash, muammoli qarzlar yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslik va bank xizmatlari sifatini yaxshilash orqali ularning investitsiyaviy faolligini -kuchaytirish;

— kam ta’minlangan oilalarga har oyda to’lanadigan moddiy yordam va ijtimoiy nafaqalarni, o’z biznesini tashkil etishi uchun maqsadli foydalanish sharti bilan, tegishli davrda to’lanadigan mablag’lar summasini bir martalik to’lov shakliga o’tkazish mexanizmini joriy etish;

— aholi, ayniqsa, olis qishloq hududlarida yashaydigan fuqarolarning birlamchi tibbiy yordamdan qulay va tez foydalanish imkoniyatini ta’minlovchi qishloq vrachlik punktlari tarmog’ini kengaytirish;

— aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga manzilli ijtimoiy yordam ko’rsatish to’g’risidagi, shuningdek, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid va jamoatchilikda katta qiziqishga sabab bo’ladigan masalalar bo’yicha qarorlarni qabul qilishdan avval ushbu masalalar yuzasidan jamoatchilik maslahatlashuvlarini o’tkazishning majburiyligini belgilash;

— mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxshilash, Markaziy Osiyodagi transchegaraviy daryolar suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari bo’yicha xalqaro tashabbuslarni ilgari surish.

Saylovchilar nomzod va uning Saylovoldi dasturi haqida

Ayni paytgacha o’tkazilgan 11 uchrashuvda nomzod va uning Saylovoldi dasturini qo’llab-quvvatlash maqsadida 50 nafarga yaqin saylovchilar so’zga chiqdi.

Muqaddasxon RAHMATILLAYEVA, Shayxontohur tumanidagi 44-oilaviy poliklinika bosh shifokori:

— Inson hayoti uchun zarur sohalardan biri — sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish va aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini oshirish masalalari -davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir.

O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi davlat hamda jamiyat hayotini har tomonlama rivojlantirish, yurtimizda har bir inson va oila uchun farovon turmush sharoitlarini yaratishda faol ishtirok etish, shu orqali o’z elektorati manfaatlarini himoya qilish bo’yicha doim o’zining aniq maqsadlari hamda g’oyalariga ega bo’lgan siyosiy kuchdir. Partiyamizdan ko’rsatilgan nomzodning Saylovoldi dasturida ham mana shu masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.

Men, shifokor sifatida, avvalo, nomzodning dasturida ilgari surilayotgan aholiga yuqori sifatli va maqbul tibbiy yordamdan keng foydalanish imkoniyatini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratishingizni xohlardim. Nomzod tomonidan aholining, ayniqsa, olis qishloq hududlarida birlamchi tibbiy yordamdan qulay va tez foydalanish imkoniyatini ta’minlovchi qishloq vrachlik punktlari tarmog’ini kengaytirish, imtiyozli va bepul asosda malakali tibbiy-sanitariya yordami ko’rsatilishini tartibga soluvchi tegishli qonun hujjatlarining ijrosi ustidan nazorat samaradorligini oshirish borasida bildirgan taklifini juda o’rinli, deb hisoblayman.

Sababi, birinchi tibbiy yordamdan barcha qulay va tezkor foydalanishi, ushbu xizmatning maqbulligini ta’minlash bo’yicha huquqiy asoslarni yanada takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun qishloq vrachlik punktlarining -moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, odamlarning tibbiy-huquqiy madaniyatini yuksaltirish talab etiladi.

Shuningdek, farmatsevtika korxonalari va dorixona muassasalari faoliyati, dori-darmon vositalari narxi ustidan nazoratni kuchaytirish hamda dori vositalari reklamasini cheklash taklifi ham juda o’rinli va hozirgi kunning eng dolzarb -masalalaridan sanaladi.

Qisqacha aytganda, Xatamjon Ketmonovning Saylovoldi dasturida ilgari surilgan maqsad va vazifalar bugungi kunda juda dolzarbdir. Ularni hayotga tatbiq qilish orqali biz tibbiyot sohasini yangi bosqichga olib chiqishga erishamiz, deb o’ylayman.

Shu bois men nomzodning Saylovoldi dasturini to’liq qo’llab-quvvatlayman. Joriy yil 4 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etasiz hamda O’zbekiston Xalq demokratik partiyasidan ko’rsatilgan nomzod Xatamjon Ketmonovga ovoz berasiz, deb umid qilaman.

Ahmadali HAKIMOV, O’zbekiston XDP Farg’ona viloyati kengashi Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish sektori mudiri:

— Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, mamlakatimizda yosh avlodni barkamol insonlar etib tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu masala davlat -siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi. Buning sababi shundaki, mamlakatimizning ertangi taraqqiyoti va ravnaqi, rivojlangan davlatlar qatoridan mustahkam o’rin olishi bevosita yoshlarimiz, tengdoshlarimizga bog’liqdir.

Ta’lim sohasidagi islohotlar Xatamjon Ketmonovning Saylovoldi dasturida keng o’rin olgan. Xususan, mustaqil hayotga kirib kelayotgan yoshlarga, ularning ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, kasb tanlash, ta’lim olish va o’quv muassasalarini bitirgach, albatta, birinchi ish o’rinlariga ega bo’lishlari uchun adolatli, teng hamda -ijtimoiy ommabop sharoitlarni yaratish masalasini nomzodimiz eng muhim vazifa, deb hisoblaydi.

Nomzodning Saylovoldi dasturida kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni o’quv adabiyotlari bilan to’liq ta’minlash choralarini ko’rish, korxona hamda tashkilot-larning ehtiyojidan kelib chiqib, texnik va texnologik mutaxassisliklar bo’yicha oliy o’quv yurtlariga maqsadli qabul qilish masalasini rag’batlantirish, shuningdek, soha -o’qituvchilariga imtiyozlar berish, jismoniy imkoniyati cheklangan (nogiron) talabalarning oliy o’quv yurtlarida ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish kabi dolzarb masalalar nazarda tutilgan.

Shu o’rinda nomzodning Saylovoldi dasturida nogiron bolalarni zarur maxsus adabiyot va qo’llanmalar bilan ta’minlashni o’z ichiga oladigan inklyuziv ta’lim tizimini yanada rivojlantirish masalasi muhim vazifa sifatida belgilab olinganligini alohida ta’kidlash joiz. Zero, ushbu vazifaning amalga oshirilishi bilan jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar sifatli ta’lim olishi, jamiyatda -munosib o’rin topishi, pirovardida yurtimiz ravnaqiga hissa qo’shishlariga sharoit yaratiladi.

Bundan tashqari, nomzodning dasturidan pedagogik ma’lumotga ega, lekin bola tarbiyasi bilan mashg’ul bo’lgani bois vaqtincha ishlamayotgan ayollarning oilaviy maktabgacha ta’lim tarbiyachisi sifatidagi uy mehnatini tashkil etish, bu borada -qonuniy asoslarni yaratishdek yana bir dolzarb masala o’rin olgan. Bu taklif orqali nomzod bola tarbiyasida bo’lgan ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash masalasining yechimini ko’rsatib bermoqda.

Partiyamiz mamlakatda hayotga tatbiq qilinayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, qabul qilinayotgan bandlik dasturlarining to’laqonli ijro etilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, yoshlarimizning munosib ish o’rinlariga ega bo’lishlari, bir martalik vaqtincha ish bilan band bo’lgan shaxslarning -mehnat faoliyati huquqiy asoslarini yaratish, ularning pensiya ta’minoti va ijtimoiy sug’urtasi bilan bog’liq masalalarni hal etishga erishishni maqsad qilgan.

Nomzod uchun eng ustuvor yo’nalishlardan yana biri bitiruvchilarni o’z mutaxassisliklari bo’yicha ish bilan ta’minlash masalasidir. Shu bois Xatamjon Ketmonovning dasturida mulkchilikning barcha shaklidagi korxona va tashkilotlarning ehtiyojidan kelib chiqib, zamon talablari asosida mutaxassislar tayyorlashning me’yoriy-huquqiy asoslarini takomillashtirish kabi qator masalalar ilgari surilgan. Ushbu takliflar nihoyatda dolzarb ekani asosli ravishda kun tartibiga qo’yilayotganini e’tirof etmoqchiman.

Menga berilgan ushbu imkoniyatdan foydalangan holda, barcha yosh saylovchilarni Prezident saylovida faol ishtirok etishga hamda partiyamizdan ko’rsatilgan nomzod — Xatamjon Ketmonovga ovoz berishga chaqiraman!

Barno SOLIYEVA, O’zbekiston XDP Andijon viloyati kengashi Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish sektori mudiri:

— Xatamjon Ketmonovning dasturidan o’rin olgan kam ta’minlangan oilalarning manzilli ijtimoiy himoyasi samaradorligini yanada oshirish borasidagi takliflarga e’tiboringizni qaratmoqchiman.

Nomzod dasturining asosiy yo’nalishlaridan yana biri ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimini aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamlari o’rtasida boqimandalik kayfiyatini bartaraf etishga, ularning mehnat va tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash, tashabbuskorligini rag’batlantirishga yo’naltirishdan iboratdir.

Bunda nafaqalar hamda moddiy yordamni, asosan, kam ta’minlangan oilalar, moddiy yordamga muhtoj keksalar va bolalarga yo’naltirish, ijtimoiy adolat, mehr-oqibat, -ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida mahallaning aholini ijtimoiy himoya qilish markazi sifatidagi rolini oshirib borish chora-tadbirlarini ko’rish, o’z biznesini tashkil etishga intiluvchi fuqarolarga imtiyozli kreditlar hamda foizsiz ssudalar ajratish amaliyotini yanada rivojlantirishdek dolzarb hayotiy masalalarga alohida urg’u berilgan.

Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga har oyda to’lanadigan moddiy yordam va ijtimoiy nafaqalarni, o’z biznesini tashkil etishi uchun maqsadli foydalanish sharti bilan, tegishli davrda to’lanadigan mablag’lar summasini bir martalik to’lov shakliga o’tkazish mexanizmini joriy etish, ijtimoiy ahamiyatga molik tovarlar va xizmatlar -narxini shakllantirish ustidan davlat hamda jamoatchilik nazorati samaradorligini yanada oshirish, shu orqali narxlar va tariflarning o’sishi inflyatsiya darajasidan yuqori bo’lmasligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratilgan.

Bundan tashqari, dasturda mamlakatimizda uy-joylarning ijtimoiy maqbulligini ta’minlash maqsadida, davlat mulkini xususiylashtirishdan olinadigan mablag’larning bir qismini turarjoy fondini shakllantirishga yo’naltirish mexanizmini takomillashtirish hamda tabiiy monopoliya sub’yektlari tomonidan aholiga ko’rsatiladigan kommunal xizmatlar (gaz, elektr, issiqlik ta’minoti, kanalizatsiya, maishiy chiqindilar va h.k.) narxlari hamda tariflarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini yanada kuchaytirish, shular orqali aholining turmush darajasini ko’tarish masalalari o’rin olgan.

Bu taklif va tashabbuslarning barchasi aholining, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning turmush sharoitlarini yaxshilashga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, deb o’ylayman.

Shuningdek, bizning nomzod byudjet mablag’lari, ayniqsa, ijtimoiy sohaga yo’naltiriladigan mablag’lar maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, turli mahsulot yetkazuvchilarga o’zaro erkin raqobatlashishga imkon beradigan ochiq va oshkora elektron savdolar imkoniyatlarini kengaytirish, davlat xaridlarini amalga oshirish tizimini takomillashtirish takliflarini ilgari surmoqda.

Ana shulardan kelib chiqqan holda, O’zbekiston XDPdan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko’rsatilgan nomzodni qo’llab-quvvatlayman.

Barchangizni Prezident saylovida Xatamjon Ketmonovga ovoz berishga chaqiraman.

Deputatlar fikri Ahad AHMEDOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo’mitasi a’zosi:

— O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O’zXDPdan ko’rsatilgan nomzod Xatamjon Ketmonovning Saylovoldi dasturi, haqiqatan ham, bir qator muhim -ijtimoiy masalalarni o’z ichiga olgani bilan ahamiyatlidir. Ayni shu jihat ko’pchilik saylovchilar qiziqishi va e’tiborini o’ziga tortmoqda. Buni partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolariga kelib tushayotgan murojaat va savollar ham yaqqol ko’rsatib turibdi.

Jumladan, aholiga ko’rsatilayotgan kommunal xizmatlar tariflarining davlat tomonidan tartibga solinishini takomillashtirish orqali kommunal xizmatlar narxlarini maqbullashtirish masalasi bo’yicha ko’plab savollar, murojaatlar kelmoqda. Demak, ushbu masala o’z vaqtida ko’tarilgan va uning yechimi yurtdoshlarimiz uchun muhim -ahamiyatga egadir.

Sattor RAHMATOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo’mitasi a’zosi:

— Eng avvalo, shuni aytishim kerakki, Xatamjon Ketmonovning saylovoldi uchrashuvlari samimiy ruhda, fikr-mulohazalarga boy tarzda o’tmoqda. Bunga o’zim guvoh bo’ldim.

Nomzod dasturidagi kichik biznes, uy mehnati, kasanachilik va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish orqali xotin-qizlar bandligini ta’minlash samaradorligini oshirish taklifi saylovchilar tomonidan faol qo’llab—quvvatlanayapti.

Saylovchilar bilan bo’ladigan uchrashuvlar, davra suhbatlarida o’zimizga ham ayni masalada ko’plab murojaatlar bo’ladi. Uy mehnati va uning huquqiy asoslarini takomillashtirish aholi bandligini samarali ta’minlash imkonini beradi. Bu — hayotiy haqiqat.

Shunday ekan, mazkur masala oldimizda turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi hamda Xatamjon Ketmonovning Saylovoldi dasturi hayotiy masalalarni o’zida aks -ettirganidan dalolat beradi.

O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi tizimida faoliyat yuritayotgan shtablar o’tkazilayotgan uchrashuvlarni muntazam tahlil qilish, aniqlanayotgan ayrim kamchilik va muammolarni kechiktirmasdan bartaraf etish, har tomonlama puxta chora-tadbirlarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. Bu, o’z navbatida, partiyaning saylovdagi faol va munosib ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.

Hurmatli saylovchilar, O’zbekiston XDPdan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonovga ovoz bering!

O’zbekiston XDP Markaziy
Kengashi Matbuot xizmati

www.xs.uz