Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SAYLOVCHILAR HUQUQIY MADANIYATI YANADA OSHIRILADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SAYLOVCHILAR HUQUQIY MADANIYATI YANADA OSHIRILADI

Joriy yilning 7-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari, saylovda qatnashayotgan siyosiy partiyalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov boshqargan majlisda saylovga tayyorgarlik ko‘rishga doir masalalar ko‘rib chiqildi. Videokonferensaloqa shaklida o‘tgan tadbirda jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari takliflari asosida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida saylovchilar huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar dasturi loyihasi muhokama qilindi.

Dastur istiqlol yillarida yaratilgan milliy saylov tizimi, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonun, so‘nggi yillarda unga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, Markaziy saylov komissiyasining saylov masalalarini tartibga soluvchi qarorlari mazmun-mohiyati hamda saylovchilarning qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari to‘g‘risida jamoatchilik xabardorligini yanada oshirishni ko‘zda tutadi.

Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar aholining keng qatlami, xususan, xotin-qizlar, yoshlar, ayniqsa, birinchi marotaba ovoz beruvchi fuqarolar, nuroniylar, imkoniyati cheklangan shaxslar, harbiy xizmatchilar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mehnat jamoalari, o‘quv muassasalari vakillari, shuningdek, xorijdagi hamyurtlarimizni qamrab oladi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Respublika baynalmilal madaniyat markazi va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan ijtimoiy sheriklikda “Mening ovozim – Vatanim kelajagi”, “Men shaxsan o‘zim ovoz beraman”, “Biz tanlash huquqiga egamiz”, “Saylovchilar ro‘yxatida bormisiz?”, “Yagona oilada” kabi fuqarolarning huquqiy madaniyati va elektoral faolligini yanada oshirishga qaratilgan aksiyalarni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Targ‘ibоt tadbirlari davra suhbati, seminar, uchrashuv, bevosita muloqot, konferensiya, trening shakllarida, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali maqola, eshittirish va ko‘rsatuvlar e’lon qilish, turli risola, flayer va boshqa targ‘ibоt materiallarini tayyorlash orqali amalga oshiriladi.

Majlisda 7-Samarqand, 9-Surxondaryo, 11-Farg‘ona okrug saylov komissiyalari raislarining hududlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ishlarining borishi haqidagi axboroti eshitildi. Okrug saylov komissiyalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov uchastkalari tuzilgani qayd etildi. Hozirgi kunda mamlakatimiz va xorijda 9 ming 376 saylov uchastkasi tuzildi. Okrug saylov komissiyalari tomonidan uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish ishlari boshlandi.

Tadbirda Markaziy saylov komissiyasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama qilinib, ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

O’zA