SAYLOVCHILARGA BARCHA QULAYLIK MAVJUD
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Poytaxtimizda "Fuqarolarning huquqiy va saylov madaniyatini yuksaltirish – demokratik saylovlarning muhim omili" mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi hamda Toshkent shahar hokimligi hamkorligida tashkil etilgan seminarda "Mahalla" xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston nogironlar jamiyati, "Nuroniy" jamg‘armasi, milliy madaniyat markazlari, 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi, jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) o‘rinbosari S.Hamidullayev, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.Abdurahimova va boshqalar mamlakatimizda fuqarolarning jamiyat va davlat ishlari boshqaruvida ishtirok etishi, o‘z xohish-irodasini erkin bildirishini ta’minlashning mukammal tashkiliy-huquqiy mexanizmlari yaratilganini ta’kidladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yuqori saviyada tashkil etishda inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar ham tizimli ishlarni amalga oshirmoqda. Ombudsman tomonidan fuqarolarning saylov huquqlarini ta’minlash, saylov madaniyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha tadbirlar rejasi tasdiqlangan. Shunga asosan fuqarolarning turli qatlami – xotin-qizlar, imkoniyati cheklangan shaxslar, milliy madaniyat markazlari vakillari, harbiy xizmatchilar hamda qamoqda saqlash joylarida sud huqmi chiqarilmagan shaxslarning ovoz berishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilayotir.
– Jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarning ovoz berishda ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoit yaratilmoqda, – deydi O‘zbekiston nogironlar jamiyati Toshkent shahar bo‘limi raisi Feruza Vosiqova. – Har bir saylov uchastkasi nogironlarning aravachalari binoga bemalol kirishini nazarda tutadigan alohida pandus bilan jihozlandi. Bundan tashqari, kabinalarning biri nogironlarning ovoz berishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ko‘zi ojiz fuqarolarga brayl alifbosida saylov mavzusi bo‘yicha turli risolalar tayyorlangan. Ilk marta ular uchun mo‘ljallangan saylov byulletenlari tayyorlanmoqda.
Saylov jarayonida keksa fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash, ularning saylov jarayonlaridan xabardorligini oshirish maqsadida Saxovat va Muruvvat uylarida yashovchilar hamda yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlar dam olish va muloqotda bo‘lish jamoat markazlarida, sanatoriya va shifoxonalarda xayriya kechalari, uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etilayotir.
Seminarda Ombudsman tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida fuqarolarning ishtiroki masalalari bo‘yicha tashkil etilgan – 1096 "ishonch telefoni"ga kelib tushayotgan murojaatlar haqida ham ma’lumot berildi. Bir oy davomida Ombudsmanning "ishonch telefoni"da saylovchilar ro‘yxatini tuzish, siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlar bilan uchrashuvlarda qatnashish, ovoz berish, shu jumladan, muddatidan oldin ovoz berish, saylov byulletenini to‘ldirish singari saylov jarayoniga taalluqli masalalar o‘rin egallagan 300 dan ziyod murojaat ro‘yxatga olingan. Mazkur murojaatlarga malakali mutaxassislar tomonidan yuridik maslahatlar berildi.
O’zA