Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SAYLOVDA FAOL ISHTIROK ETAMIZ

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SAYLOVDA FAOL ISHTIROK ETAMIZ

Samarqandda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Partiya viloyat kengashi a’zolari, mahalliy kengashlar deputatlari va partiya faollari ishtirok etgan anjumanda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishi va ayni paytda davom etayotgan saylov kampaniyasi tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqildi.

– Joriy yilning 4-dekabr kuni bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini xalqaro demokratik talablar va ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazish uchun mamlakatimizda mustahkam huquqiy asos yaratilgan, – deydi partiya viloyat kengashi raisi vazifasini bajaruvchi M.Bobobekova. – Saylov kampaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq davom etmoqda. Partiyamizning mazkur saylovda munosib ishtirok etishi uning quyi tashkilotlaridan yuksak mas’uliyat talab etadi.

Konferensiyada partiyaning tuman va shahar kengashlarida o‘tkazilgan plenumlar yakunlari tahlil qilindi. Elektorat manfaatlaridan kelib chiqib, saylov jarayonida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, saylovda ilk bor ishtirok etadigan yoshlar o‘rtasida saylov qonunchiligi yuzasidan targ‘ibоt tadbirlari olib borish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining navbatdagi qurultoyiga delegatlar saylandi.

O‘zA