Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SAYLOVGA PUXTA TARADDUD KO‘RILMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SAYLOVGA PUXTA TARADDUD KO‘RILMOQDA

Joriy yilning 4-dekabr kuni o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga Surxondaryo viloyatida ham qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.

Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim ahamiyat kasb etadigan ushbu tadbirni oshkora, demokratik tamoyillar asosida o‘tkazish va saylovchilarning o‘z xohish-irodasini emin-erkin ifoda etishi uchun zarur qulayliklar yaratish maqsadida viloyatda 734 saylov uchastkasi tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunida okrug saylov komissiyalari saylovga kamida 40 kun qolganda uchastka saylov komissiyalarining 5-19 kishidan iborat a’zosi, jumladan, raisi, uning o‘rinbosari va kotibini shakllantirishi belgilab qo‘yilgan. Ayni kunlarda uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish uchun mahallada obro‘-e’tibor qozongan, saylov qonunchiligidan xabardor, partiyasiz kishilar orasidan uchastka saylov komissiyasiga nomzodlar tanlab olish yakuniga yetkazilmoqda.

Termiz tumanidagi 32 mahalla fuqarolar yig‘inida 67 ming 460 fuqaro milliy qonunchiligimizda belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklaridan foydalanib, Vatanimiz kelajagi uchun ovoz beradi. 4-dekabr kuni ularning o‘z xohish-irodasini mustaqil bildirishi uchun tumanda 39 saylov uchastkasi tashkil etilgan. Saylov uchastkalari uchun binolar tanlashda saylovchilar soni, ularning uchastkaga kelib ovoz berishi uchun transport qatnovi, ovoz beruvchilar uchun mavjud sharoitlar, sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyati va boshqa jihatlarga alohida e’tibor qaratildi.

– Saylovning ochiqligini ta’minlashda uchastka saylov komissiyalarining o‘rni katta, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Termiz tumani bo‘limi raisi D.Muhammadova. – Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan mustaqillik yillarida yaratilgan milliy qonunchiligimizga ko‘ra, fuqarolar yig‘inlari faollari saylovni tashkil etishda mahalliy hokimliklarga yaqindan yordam berishi belgilab qo‘yilgan.

Boysun tumanidan 70 ming 465 fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etadi. Buning uchun tuman hokimligi taqdimnomasiga ko‘ra, hududda 49 saylov uchastkasi tuzildi. Vohadagi 1-saylov uchastkasi aynan shu tumanda faoliyat yuritadi.

– Saylovda ishtirok etadigan fuqarolar ro‘yxatini shakllantirib oldik, – deydi “Tuzbozor” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Tangriqul Bo‘riyev. – Hududimizdan 2 ming 38 kishi o‘zi tanlagan nomzod uchun ovoz beradi. Saylovni qonunlarimizga mos, oshkoralik, adolat va demokratik tamoyillar asosida o‘tkazish maqsadida uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga munosib nomzodlar tavsiya etdik. 11 kishidan iborat komissiya tarkibiga jamoat ishlarida faol, obro‘li, saylov qonunchiligini yaxshi biladigan kishilarni tanladik. Ularning 5 nafari xotin-qizlardir.

Saylov oldidan aholi keng qatlami, ayniqsa, ilk marta saylovda ishtirok etadigan yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularni milliy saylov qonunchiligi mazmun-mohiyati bilan tanishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilingan saylovchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar dasturi doirasida viloyatda tashkil etiladigan seminar, uchrashuv va davra suhbatlarida xotin-qizlar va birinchi marotaba ovoz beruvchilar, nuroniylar va imkoniyati cheklangan fuqarolar, aholi va harbiy xizmatchilar milliy saylov qonunchiligi, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonun hamda unga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, saylovchilarning huquq va erkinliklari, Markaziy saylov komissiyasining saylovni tartibga soluvchi qarorlari bilan yaqindan tanishtirib boriladi.

– Bu tadbirlar viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan ijtimoiy sheriklik asosida tashkil etiladi, – deydiO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Chori Qurbonov. – Saylovchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga yo‘naltirilgan mazkur tadbirlarga tajribali olimlar, huquqshunos va ekspertlarni, okrug saylov komissiyasi a’zolarini keng jalb etish rejalashtirilgan. Bu borada amalga oshirilayotgan barcha ishlar saylovni xalqaro mezonlarga mos yuksak saviyada o‘tkazishga xizmat qiladi.

O‘zA