SAYLOVGA QIZG‘IN HOZIRLIK KO‘RILMOQDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Andijon viloyati kengashining navbatdagi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi mas’ul xodimlari, Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi partiya deputatlari, partiya faollari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan tadbirda partiyaning joriy yil 4-dekabrda o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarligi hamda navbatdagi qurultoyga delegatlar saylash masalasi ko‘rib chiqildi.
– Partiyaning viloyat kengashi tarkibidagi 421 boshlang‘ich tashkiloti o‘z safiga 12 mingdan ziyod a’zoni birlashtirgan, – deydi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Andijon viloyati kengashiijroiya qo‘mitasi devoni rahbari Hamidjon Omonov. – Partiyamiz a’zolari viloyat ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etmoqda. Xususan, bo‘lajak saylov va unga tayyorgarlik davrida partiya g‘oyalarini saylovchilar orasida keng targ‘ib etish, partiyadan ko‘rsatilayotgan Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturi orqali elektorat manfaatlarini yanada keng ifodalash, bu borada saylov qonunchiligida belgilangan imkoniyatlardan foydalanishga alohida e’tibor qaratiladi.
Konferensiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi va partiya qurultoyiga delegatlar saylandi.
O’zA