SAYLOVGA TAYYORGARLIK DAVOM ETMOQDA
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashining navbatdagi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Partiya viloyat kengashi mas’ullari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi partiya deputatlari, partiya faollari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari a’zolari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan anjumanda joriy yil 4-dekabrda o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayoni, navbatdagi qurultoyga delegatlar saylash hamda partiya hayotiga oid boshqa masalalar muhokama etildi.
Partiyaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida munosib ishtirok etishiga tayyorgarlik, saylov uchastkalariga belgilangan me’yorlar doirasida partiya kuzatuvchilarini jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
– Konferensiyada partiya dasturiy maqsad va g‘oyalarini amalga oshirish, elektorat manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha oldinda turgan vazifalar ham belgilab olindi, – deydi O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi raisi R.Tolipov. – Buning samarali amalga oshirilishi esaO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining har tomonlama yuksak saviyada o‘tishida muhim omillardan biri sanaladi. Partiyamiz bu borada saylov qonunchiligida belgilangan barcha imkoniyatlardan samarali foydalanishga harakat qiladi.
Konferensiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi, partiyaning navbatdagi qurultoyiga delegatlar saylandi.
O’zA