Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SAYLOVNI YORITISH: MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SAYLOVNI YORITISH: MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA

Poytaxtimizda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini mamlakatimizning nodavlat teleradiostudiyalari orqali yoritishda xalqaro standartlarni qo‘llash: milliy tajriba va jahon amaliyoti” mavzuida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, K.Adenauer nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy hamda YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari,Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar axborot xizmatlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda Bolgariya, Germaniya, Fransiya, Daniya, Latviya, Litvadan ekspertlar, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Oliy Majlis Senati Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi S.Safoyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi A.Saidov, Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari K.Odilov, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi F.Abduholiqov va boshqalar mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotida tutgan rolini, ularning faoliyati samarasini yanada oshirish, media tarmoqlarining huquqiy, moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga doimiy e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Ayniqsa, davlat va nodavlat ommaviy axborot vositalari mamlakatimizning axborot makonida mutanosib rivojlanib borishiga alohida e’tibor berilmoqda. Buning tasdig‘ini oxirgi yillarda elektron va bosma ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash uchun davlat byudjeti hisobidan kreditlar, ijtimoiy buyurtma va davlat grantlari shaklida 14 milliard so‘mga yaqin mablag‘ ajratilgani va boshqa misollarda yaqqol ko‘rish mumkin.

2016-yil 4-dekabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq barcha jarayonlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda. Bu aholining muhim ijtimoiy-siyosiy tadbir haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishida muhim rol o‘ynamoqda. Bu jarayonga nodavlat elektron OAV ham munosib hissa qo‘shayotir. Bunga Prezident saylovi bo‘yicha 2016-yilgi saylov kampaniyasini har tomonlama xolis yoritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi hamda Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi o‘rtasida bitim imzolangani keng yo‘l ochdi.

– O‘zbekistonda saylovni demokratik tamoyillar asosida o‘tkazish bo‘yicha boy tajriba to‘plangan, – deydi YuNESKO katta maslahatchisi va konsultanti Mogens Shmidt. – Saylov kampaniyasi jarayonining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilayotgani, bu jarayonda siyosiy partiyalar va ulardan Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzodlar uchun bir xil va teng imkoniyat yaratib berilayotgani buning yaqqol tasdig‘idir.

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi nodavlat teleradiostansiyalar tomonidan saylov jarayonlari o‘z vaqtida va sifatli yoritilishini, saylov jarayonlarining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash, saylovchilarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan maxsus harakat dasturini ishlab chiqdi. Shu asosda xorijiy mutaxassislar ishtirokida seminar-treninglar o‘tkazish, saylovga oid media-kontentni tayyorlashda xorij tajribasini o‘rganish, Markaziy saylov komissiyasi vakillari ishtirokida “Mening ovozim” va “Moy golos” tok-shoularini, media mahsulotlarni tayyorlash, nodavlat telestansiyalar efirini ijtimoiy roliklar bilan boyitish, radio axborot markazi ko‘magida nodavlat radiostansiyalarni saylovga oid materiallar bilan ta’minlash kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan qator tadbirlar amalga oshirildi.

O‘zEOAVMA axborot markazi va nodavlat telekanallar axborot xizmatlari tomonidan 12 tadbir, 800 dan ortiq media mahsulot, qariyb 140 teleradiorolik, 12 tok-shou tayyorlandi.

– Axborot asri jurnalistlardan nafaqat tezkorlik va xolislik, balki o‘ziga xos yangicha yondashuvlarni talab etmoqda, –deydi YeXHTning Venadagi OAV erkinligi masalalari bo‘yicha eksperti, Litva jurnalistlari uyushmasi raisi Daynyus Radzyavichius. – O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari ham shunga intilayotgani ularning saylov kampaniyasini yoritishga oid chiqishlarida namoyon bo‘layotganini kuzatdik. Bu borada, ayniqsa, nodavlat teleradiokanallar o‘ziga xos yutuqlarga erishayotir. Efirga uzatilayotgan materiallar, jurnalistlar bilan suhbatlashib, ularning intilishlarini ko‘rib shunday xulosaga keldik.

Xalqaro davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini yoritishda nodavlat elektron OAVning roli, bu borada xalqaro tajriba haqida fikr almashildi. O‘zEOAVMA tomonidan amalga oshirilayotgan nodavlat OAV xodimlarining mahoratini oshirishga qaratilgan loyihalar muhokama etildi. Tadbir doirasida nodavlat elektron OAV ijodiy guruhlarining mavzuga oid tayyorlagan ijtimoiy roliklari taqdimoti o‘tkazildi.

O’zA