SAYLOVNING MUSTAHKAM HUQUQIY ASOSLARI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Samarqandda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining tashkiliy-huquqiy asoslari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 7-Samarqand okrug saylov komissiyasi hamda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Samarqand viloyati hududiy bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan seminarda komissiya a’zolari, saylov huquqi bo‘yicha ekspert va mutaxassislar, siyosiy partiyalar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda joriy yilning 4-dekabr kuni o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga viloyatda qizg‘in hozirlik ko‘rilayotgani ta’kidlandi. Saylov kampaniyasi jarayonlari Markaziy saylov komissiyasi qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq olib borilmoqda.
– Mamlakatimizda mustaqillik yillarida saylov tizimi bosqichma-bosqich takomillashtirilib, yuksak demokratik talablarga javob beradigan mustahkam milliy saylov tizimi yaratildi, – deydi 7-Samarqand okrug saylov komissiyasi raisi F.Toshev. – Bunda, avvalo, fuqarolarning saylash va saylanish huquqi ta’minlanib, uni amalga oshirishning huquqiy mezonlari belgilab berildi. Saylovlarning umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqiga ko‘ra yashirin ovoz berish yo‘li bilan ixtiyoriylik asosida ochiq va oshkora o‘tkazilishiga erishilmoqda. Bu galgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga ham ana shu jihatlar e’tiborga olingan holda tayyorgarlik ko‘rilayotir.
Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda okrug saylov komissiyasining roli, saylov jarayonining oshkoraligini ta’minlashda ommaviy axborot vositalarining o‘rni, siyosiy partiyalarning saylovdagi ishtiroki kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Saylov qonunchiligiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi.
O‘zA