Saylovoldi targ‘ibotida yoshlarga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Jizzax shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat kengashi tomonidan “Demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda professional saylov tizimi” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbirda saylovda birinchi marta ishtirok etadigan talabalar qatnashdi. Ochiq muloqotda partiya yetakchilari, institut professor-o‘qituvchilari 22 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligiga o‘tadigan saylovning mamlakatimiz, xalqimiz hayotidagi o‘rni, saylov qonunchiligi to‘g‘risida yoshlarga batafsil ma’lumot berdi.
Muloqot davomida yoshlarning saylovga befarq emasligi, siyosiy jarayonda faol ishtirok etish ishtiyoqi balandligi sezilib turdi.
– Yoshlarning faolligini nazarda tutib partiyalar ham saylovoldi tadbirlarida biz – talabalarga ko‘proq e’tibor qaratayotir, – dedi Jizzax politexnika instituti talabasi Jahongir G‘aniboev. – Shu maqsadda barcha partiyalar talabalar bilan tadbirlar o‘tkazmoqda. Bu tadbirlar bizning huquqiy bilimimiz oshishida, saylov qonunchiligini o‘rganishimizda “qo‘shimcha dars” vazifasini o‘tayotir. Ushbu tadbir davomida ham ko‘p foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldik.
Ochiq muloqot faqat mazkur partiya tomonidan, ayni shu institutda o‘tkazilgan yagona tadbir emas. Saylovoldi targ‘ibotida barcha siyosiy partiyalar o‘z elektorati tarkibi yoshlarni ko‘paytirishga jiddiy harakat qilayotir.
Buning boisi, saylovchilar orasida yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Viloyat saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, hududda birinchi marta ovoz beradigan yoshlarning o‘zigina 33 mingdan ziyod ekan.
Partiyalarning yoshlarga e’tibor qaratayotgani sababi ko‘pni ko‘rgan, tajribali saylovchiga qaraganda yoshlarni o‘z tarafiga og‘dirib olishdir. Ular hisobiga tarafdorlarini ko‘paytirish osonroq. Masalaning ikkinchi jihati, targ‘ibot tadbirlariga yoshlarning faol jalb etilayotgani ularni partiyalar saylov dasturi bilan yaqindan tanishish, o‘ziga eng ma’qul kelganini tanlash imkoniyatini kengaytirmoqda.
Faqat yosh saylovchilarga e’tibor qaratayotgan partiyalar kattalarni ham unutmasligi lozim. Chunki yoshlar tadbirlarda eshitganlaridan tashqari katta yoshdagi, tajribali odamlarning maslahatlariga ham amal qiladi. Hozircha saylovoldi targ‘ibot tadbirlarining aksariyati ta’lim maskanlarida o‘tayotir.
O’zA