Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SAYYOHLARNING NOZIK TALABLARINI QONDIRISH YO’LIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SAYYOHLARNING NOZIK TALABLARINI QONDIRISH YO'LIDA

Gretsiya poytaxtida mamlakatimizning Afinadagi Bosh konsulxonasi tomonidan “Open Ways Tour” sayyohlik kompaniyasi hamkorligida O’zbekistonning turizm imkoniyatlari taqdimoti o’tkazildi.

Tadbirda ushbu mamlakat ijtimoiy-siyosiy va ishbilarmon doiralari, yetakchi turizm kompaniyalari va OAV vakillari qatnashdilar.

Taqdimotda O’zbekistonning sayyohlik salohiyati haqida ilgari mamlakatimizda bo’lib, o’zbek xalqining boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishgan turizm agentliklar rahbarlari va boshqa mehmonlar so’zga chiqdilar.

Jumladan, “Open Ways Tour” kompaniyasi direktori o’rinbosari O.Pasxalidu xonim O’zbekiston dunyoda muhim sayyohlik yo’nalishi sifatida ommalashib borayotgani va bunda mamlakat hukumati tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlarning o’rni beqiyos ekanini ta’kidladi.

— O’zbekistonning Sharq durdonasi sanalgan Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlari bugungi kunda butun dunyoga mashhur va mamlakatning o’ziga jalb etadigan maskanlari hisoblanadi. O’zbek xalqining boy madaniy merosi va mehmondo’stligi yevropalik sayohat ishqibozlarida tobora katta qiziqish uyg’otmoqda.

O’z navbatida, “Thisseas Travel and Tourism SA” kompaniyasi direktori M.Navrozidis yurtimiz haqida ko’p eshitgani va uning tarixi bilan qiziqqani haqida to’xtaldi.

— Men hozirgi O’zbekiston hududida tuғilgan Ruxshona Aleksandr Makedonskiyning sevimli ayoli bo’lganligi haqidagi dalilni bilganimdan keyin mamlakatga qiziqishim ortdi. Xalqlarimizning tarixiy aloqalari ko’plab madaniy qadriyatlarimizning, jumladan, boy me’moriy merosimiz va milliy pazandachiligimizdagi ko’plab taomlarning o’xshashligida o’z aksini topadi. O’zbekistonning qadimiy shaharlari qiyofasi esa o’zining favqulodda va betakror chiroyi bilan kishini lol qiladi.

“Pimenidis Travel” kompaniyasi rahbari F.Piminidining fikriga ko’ra, O’zbekistonning turizm imkoniyatlari sayohat ishqibozlarining eng nozik talablarini ham qondirishga qodir. Shu bilan birga, u mamlakatimizda har yili o’tkaziladigan, joriy yilning 13-14-aprel kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tadigan “Dam olish olami - 2017” V xalqaro turizm ko’rgazmasi sohaga oid eng muhim voqyealardan biri bo’lishiga ishonch bildirdi.

“Jahon” AA, Afina