Sayyoramizdagi eng baland bino O‘zbekiston bayrog‘i tusiga kirdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi munosabati bilan sayyoramizdagi eng baland osmono‘par bino — «Burj Khalifa» mamlakatimiz bayrog‘i tusiga kirdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 26 mart kuni Shavkat Mirziyoyev Dubay shahrida BAA Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid al-Maktum bilan uchrashgandi.
Bu tashrif haqida Shayx Muhammad bin Roshid al-Maktum hazrati oliylari o‘zining «Tvitter»dagi sahifasida o‘zbek tilida post qoldirgandi..
kun.uz