Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Senat qoʻmitalari majlislari boʻlib oʻtdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Senat qoʻmitalari majlislari boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari va komissiyasining majlislari boʻlib oʻtdi. Ularda parlament yuqori palatasining yigirmanchi yalpi majlisi kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilindi.

Jumladan, Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni koʻrib chiqildi.

Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining huquqiy maqomi mustahkamlanmoqda. Qonuniylik, mustaqillik, xolislik, ochiqlik va shaffoflik Hisob palatasi faoliyatining asosiy prinsiplari sifatida kiritilmoqda.

Hisob palatasi davlat tashqi auditi va moliyaviy nazoratining oliy organidir. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti loyihasi parametrlari shakllantirilishi va uning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ustuvor yoʻnalishlarga muvofiqligining tizimli tahlilini amalga oshirish kabi qator vazifalar uning zimmasiga yuklangan.

***

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi majlisida qayd etilganidek, mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklari himoyasini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilib, shaxsiy daxlsizlik huquqi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar tubdan takomillashtirilmoqda. Senatning yigirmanchi yalpi majlisi muhokamasiga kiritilgan “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni ham buning yaqqol tasdigʻidir.

Qonun fuqarolar, jamiyat va davlat xavfsizligini, shaxsiy maʼlumotlar bilan ishlash jarayonida barcha qatnashchilarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashda muhim ahamiyatga egadir. Qonunning qabul qilinishi esa mazkur sohaning meʼyoriy-huquqiy negizini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, qoʻmita majlisida “Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni dastlabki tarzda koʻrib chiqildi. Yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash va jamoat tartibini taʼminlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilib, keyingi ikki yilda mazkur sohaga oid koʻplab qonun hujjatlari qabul qilindi. Majlisda muhokama qilingan “Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni ham jamoat tartibini taʼminlashga qaratilgan muhim vazifalarning uzviy davomidir.

Qayd etilganidek, bugungi kunda ushbu sohaga oid huquqiy qoidalarni yagona tamoyillar asosida birlashtirishi lozim boʻlgan qonunning yoʻqligi koʻpgina huquqiy boʻshliqlarni vujudga keltirmoqda. Buning oqibatida huquqni qoʻllash amaliyotida jiddiy muammolar paydo boʻlmoqda. Yangi qonunning qabul qilinishi bu muammolarning hal qilinishiga, sohadagi munosabatlar qonunchilik darajasida tartibga solinishiga xizmat qiladi.

***

Senatining Fan, taʼlim va sogʻlikni saqlash masalalari qoʻmitasi majlisida mamlakatda imkoniyati cheklangan yoshlarning taʼlim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida Bosh vazir oʻrinbosariga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari koʻrib chiqildi.

Bu borada qator ishlar amalga oshirilganligini qayd etildi. Xususan, darsliklar loyihalarini baholashning shaffof mexanizmini yaratish va ularni keng jamoatchilik muhokamasiga qoʻyish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining www.eduportal.uz saytida “Darsliklar muhokamasi” nomli rukn ochilib, darsliklarda yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni aniqlash, ular yuzasidan tegishli izoh qoldirish imkoniyati yaratilgan.

2019/2020 oʻquv yili uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni har tomonlama sifatli, xato va kamchiliklarsiz chop etish maqsadida 200 nafarga yaqin fan oʻqituvchilari ishtirokida 31 nomdagi darslik qayta ekspertizadan oʻtkazilib, aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish uchun mualliflar va nashriyotlarga yuborilganligi taʼkidlandi.

***

Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi majlisida taʼkidlanganidek, yigirmanchi yalpi majlis kun tartibiga kiritilgan yangi tahrirdagi “Turizm toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining maqsadi turizm sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish, shuningdek, turistlar va turistik faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Taʼkidlanganidek, qonunning qabul qilinishi mamlakatimiz iqtisodiyotining strategik tarmoqlaridan biri sifatida turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, majlisda “Xalqaro mehnat tashkilotining 1930-yildagi Majburiy mehnat toʻgʻrisidagi 29-sonli Konvensiyasiga Bayonnomani (Jeneva, 2014-yil 11-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni ham senatorlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi.

***

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish hamda qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari muhokama qilindi.

***

Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi majlisida Sirdaryo viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti eshitildi.

Koʻrib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan Oliy Majlis Senati qoʻmitalarining tegishli qarorlari qabul qilindi.

OʻzA