“SEOUL CITY” O’ZBEKISTON HAQIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Janubiy Koreyada nashr etiladigan «Seoul City» jurnalida mamlakatimiz davlat mustaqilligining 24 yillik bayramiga bag’ishlangan maqola bosilib chiqdi.
Unda respublikamiz ushbu qutlug’ bayramni yangi muvaffaqiyatlar bilan kutib olgani qayd etiladi. Maqolada barcha sohalardagi keng ko’lamli ishlar tufayli shahar va qishloqlarning, butun mamlakatning qiyofasi tobora ochilib, obod bo’lib borayotgani, aholining farovonligi yuksalayotgani o’z e’tirofini topgan.
«Seoul City» Prezident Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to’rt yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda aytgan quyidagi fikrlarni o’z o’quvchilarining e’tiboriga havola qilgan:
“Mustaqillik biz uchun hayotimizning ma’no-mazmunini butunlay o’zgartirgan, tariximizda yangi sahifa ochgan buyuk voqea bo’lib, Vatanimizni, xalqimizni eski mustabid tizim kishanlaridan ozod qilgani, milliy demokratik davlat qurish, barcha mamlakatlar va xalqlar bilan teng bo’lib, farovon hayot barpo etish yo’lini ochib bergani bilan qadrli va mo’’tabardir”.
Maqolada mamlakatimizning ta’lim sohasida erishgan muvaffaqiyatlariga alohida e’tibor qaratilgan. Ma’lum qilinganidek, mustaqillikka erishilgan birinchi kunlardan boshlaboq O’zbekistonda yosh avlodni tarbiyalashga qaratilgan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Undan ko’zlangan asosiy maqsad mustaqil fikrlaydigan va o’z qarashlariga ega, o’z Vatani kelajagi uchun zimmasiga mas’uliyatni olishga qodir bo’lgan, har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalashdir.
Shuningdek, «Seoul City» O’zbekistonda har yili 600 mingdan ko’proq zamon talabiga javob beradigan yosh mutaxassislar ishonch bilan hayotga kirib kelishayotganini ham qalamga olgan. “Bu kamida ikki-uchta kasb-hunarni, chet tillarni, Internet va axborot texnologiyalarini, zamonaviy bilim cho’qqilarini egallagan, rivojlangan davlatlardagi tengdoshlari bilan bellashuvga tayyor bo’lgan, ko’zi yonib turgan yigit-qizlardir, deb yozadi jurnal. Bunday yoshlarga ega bo’lgan respublika katta muvaffaqiyatlarga erishadi”.
“Jahon” AA, Seul