SERBIYANING SAYLANGAN PREZIDENTIGA MAKTUB
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Vuchichni Serbiya Respublikasi Prezidenti etib saylanganligi munosabati bilan tabrikladi.
Davlatimiz rahbari o‘z maktubida Aleksandr Vuchichni “yuqori va mas’uliyatli lavozimdagi faoliyati o‘zaro hurmat va manfaatlarni inobatga olishga asoslangan O‘zbekiston-Serbiya munosabatlarini yanada mustahkamlanishi hamda mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligiga xizmat qilishi”ga ishonch bildirdi.
O‘zbekiston Prezidenti Serbiyaning saylangan Prezidentiga mustahkam sihat-salomatlik, davlat rahbari sifatidagi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar, Serbiya xalqiga tinchlik, xotirjamlik va farovonlik tiladi.