SERQUYOSH ZAMINGA MEHR IFODASI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Niderlandiyalik musavvir Ronald Kleyer ona zaminimiz tabiatiga, uning issiq tafti, odamlari va milliy urf-odatlarimizga alohida mehr qo‘ygan. Rassom yigirma yildan buyon jannatmonand Vatanimizda yashab, ijod qilmoqda.
O‘zbekiston davlat san’at muzeyida tashkil etilgan rassomning navbatdagi shaxsiy ko‘rgazmasida namoyish etilayotgan asarlar qishloqlarimiz hayoti, odamlar, keksa avlod vakillari va udumlarimizga bag‘ishlangan.
Muzey direktori V.Fayziyeva va boshqalar mamlakatimizda xorijiy davlatlar bilan madaniyat va san’at sohalaridagi hamkorlik ijodkorlarning izlanuvchanligi va faolligini oshirib, ularning o‘zaro hamkorligi yanada mustahkamlanishi, tajriba almashishi va samarali ijod qilishiga xizmat qilayotganini ta’kidladi.
– Musavvirning shaxsiy ko‘rgazmalari O‘zbekiston, Niderlandiya, Rossiya kabi davlatlarda namoyish etilgan, – deydi muzeyning tasviriy san’at bo‘limi mudiri X.Hasanov. – Ijodkor O‘zbekistonimizga, xalqimizga, tarixiy va milliy qadriyatlarimizga cheksiz hurmatini asarlarida ifoda qilgan. Uning haqqoniy uslub va dolzarb mavzulardagi chizmalari hech bir muxlisni bee’tibor qoldirmaydi.
Muallifning "Keksa avlod portreti", "Oqsoqol", "Buxoro", "Qashqadaryoda", "Surxondaryoda", "Mevalar", "Choynaklar", "Palov" kabi oltmishdan ortiq kartinasida xalqimizga bo‘lgan mehri, samimiyati tasvirlangan.
O’zA