SEULDA O’ZBEKISTONLIK TALABALARGA PARLAMENT SAYLOVIDA QATNASHISH TARTIBОTI HAQIDA AXBOROT BERILDI - FOTOREPORTAJ
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

SEUL, 25-noyabr. /“Dunyo” AA/. O’zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi tomonidan Seul shahridagi “Xanguk” chet tillari universitetida o’zbekistonlik talabalar va mazkur mamlakatda bo’lib turgan yurtdoshlar vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
100 ga yaqin vatandosh qatnashgan tadbirda O’zbekistonda joriy yil 22 dekabr kuni bo’lib o’tadigan parlament sayloviga tayyorgarlik ishlari, bu jarayonda chet elda o’qiyotgan, mehnat qilayotgan yoki yashayotgan yurtdoshlarimiz uchun ovoz berish uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar haqida ma’lumot berildi.
Elchixona xodimlari saylovga doir boshqa dolzarb axborotni taqdim qildi, ovoz berish uchun ro’yxatdan o’tish tartib-qoidalari haqida so’zlab berdi va ishtirokchilarni qiziqtirgan boshqa savollarga javob qaytardi.
“Dunyo” AA