«SHABAB AN-NIL»: «SHARQ TARONALARI» DUNYO MUSIQA OLAMIDAGI NUFUZLI VOQYEALARDAN BIRI HISOBLANADI»
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yaqinda Misr Arab Respublikasida nashr etiladigan «Shabab an-Nil» («Misr yoshlari») ijtimoiy-siyosiy gazetasi sahifasida «Sharq taronalari» Xalqaro musiqa festivali haqidagi maqola e’lon qilindi.
Nashrning e’tirof etishicha, O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan va 1997-yildan buyon har ikki yilda Samarqand shahrida o’tkazilayotgan mazkur kuy-qo’shiq forumi dunyo musiqa olamidagi nufuzli voqyealardan biri hisoblanadi.
Maqolada qayd etilganidek, «Sharq taronalari» Xalqaro musiqa festivalining asosiy maqsadi milliy musiqa san’atining ilg’or yutuqlarini keng ommalashtirish, xalq an’analarini saqlash va rivojlantirish, yosh avlodda go’zallikka intilish hissini tarbiyalash, xalqaro ijodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, tinchlik, do’stlik va hamjihatlik g’oyalarini tarannum qilish, o’zaro madaniy-ma’naviy hamkorlikni yanada mustahkamlash bilan izohlanadi.
Nashr nafaqat mazkur madaniy anjuman qatnashchilarining soni, balki uning ijodiy darajasi ham ortayotgani, ishtirokchi mamlakatlar jo’g’rofiyasi esa tobora kengayib borayotganiga alohida e’tibor qaratgan. «Sharq taronalari»ning birinchi festivalida dunyoning 31 mamlakatidan kelgan madaniy guruh va ijrochilar qatnashgan bo’lsa, so’nggi festivalada jahonning 53 mamlakati vakillari o’z san’atlarini namoyish etdilar», deb yozadi «Shabab an-Nil».
Shuningdek, gazeta «Sharq taronalari» Xalqaro musiqa festivali doirasida butun dunyodan kelgan olim va mutaxassislar ishtirokida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya o’tkazilishi ham an’anaga aylab qolganini alohida ta’kidlaydi. «Unda jahon xalqlarining ko’p asrlik musiqiy an’analarini avaylab asrash va rivojlantirish muammolari muhokama qilinadi», deb yozadi gazeta.
Maqola intihosida hozirgi kunlarda Samarqand shahrida «Sharq taronalari»ning o’ninchi, ya’ni yubiley anjumaniga qizg’in hozirlik ketayotgani, mehmonlar xalq ijodiyotining eng sara namunalarini namoyish etishlari uchun festival tashkilotchilari tomonidan barcha chora-tadbirlar ko’rilayotgani qayd qilingan.
«Jahon» AA, Qohira