SHAHOBIDDIN ZOIROV OLIMPIADA OLTIN MEDALI SOHIBI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Rio de Janeyro shahrida bo’lib o’tayotgan 2016-yilgi Olimpiada o’yinlarida yosh iqtidorli bokschimiz Shahobiddin Zoirov 52 kilogramgacha bo’lgan vazn toifasida O’zbekiston milliy terma jamoasi hisobiga uchinchi oltin medalni yozib qo’ydi. Murosasiz kechgan final bahslarida Shahobiddin hakamlarning yakdil qaroriga ko’ra, o’zining tajribali raqibi, London Olimpiadasi bronza medali sohibi rossiyalik Mixail Aloyan ustidan ga’laba qozondi.
Eslatib o’tamiz, avvalgi janglarda u irlandiyalik Brendon Irving, amerikalik Antonio Vargas va venesuelalik Yoel Rivasni mag’lubiyatga uchratgan edi.
Mazkur vazn toifasida bronza medallarni venesuelalik Yoel Rivas hamda xitoylik Xu Tzyanguan qo’lga kiritdi.
“Jahon” AA, Rio de Janeyro