SHAHRAM G‘IYOSOV – DUNYONING ENG YAXSHI BOKSCHISI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionatining 69 kilogrammgacha vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Shahram G‘iyosov muxlislar tomonidan dunyo birinchiligi musobaqasining eng yaxshi bokschisi, deb e’tirof etildi.
Xalqaro havaksor bokschilar assotsiyatsiyasi – AIBA ning “Twitter” ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida jahon chempionatining eng yaxshi bokschisini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan so‘rovnomada o‘zbek o‘g‘loni Shahram G‘iyosov eng ko‘p ovoz to‘plab, ukrainalik Oleksandr Xijnyak va kubalik Xulio Sezar La Kruzni katta farq bilan ortda qoldirdi.
Shahram G‘iyosov o‘ziga xos jang uslubi, tezkor va aniq zarbalari, metin himoyasi, janglarni shijoat bilan o‘tkazishi bilan muxlisu mutaxassislarning olqishiga sazovor bo‘ldi. Uning Olimpiadadagi janglari, Osiyo chempionatidagi ishonchli g‘alabasi va jahon chempionatidagi mahorati va g‘alabaga chanqoqligi barchaning esida qoldi.
Eslatib o‘tamiz, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Germaniyaning Gamburg shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida 1 oltin, 3 kumush va 2 bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.
O’zA